Samarqand shahrining Bo‘stonsaroy va Ro‘dakiy ko‘chalari kesishmasidagi tonnel tipidagi yo‘l o‘tkazgichda kuzatilgan suv o‘tish holatiga izoh

Mazkur yo‘l o‘tkazgich qurilishida loyihaga ko‘ra asosiy qurilish-montaj ishlari yakunlanib, Samarqand shahri aholisiga yangi yil bayram tadbirlari davrida tirbandlikni oldini olish va transport vositalari harakatlanishiga qulaylik yaratish maqsadida yo‘llar ochib berilgan bo‘lib, obodonlashtirish va suv qochirish, irrigatsiya tarmoqlarida hali  qurilish ishlari jadal davom ettirilmoqda.

Tonnel qismining devorlaridan suv o‘tish holati hali qurilish ishlari davom ettirilayotgan suv qochirish-irrigatsiya tizimidagi lotoklarga har xil turdagi tiqilishlar oqibatida yuzaga kelgan.

Taʼkidlash joizki, tonnel devorlariga o‘rnatilgan plitalar “quruq montaj” usulida ishlangan bo‘lib, ularning orasidan suv o‘tishi yo‘l  o‘tkazgichning konstruktiv elementlari mustahkamligiga salbiy taʼsir etmaydi.

Loyiha yechimiga ko‘ra ushbu transport yechimi qurilishi doirasida  yomg‘ir suvlarini qochirish uchun nasoslar o‘rnatilishi va oraliq qurilmalar tutashish joyida asfalt qoplamasini kesib, deformatsion choklar o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan. Yaqin kunlarda qayd etilgan ishlar to‘liq yakunlanib, yuzaga kelgan noxush holatlar bartaraf etiladi.

"Ko‘prikqurilish" Tresti UK

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI