Salar – Chirchiq – Xodjikent temir yo'l uchastkasini ta'mirlash ishlari haqida

Salar – Chirchiq – Xo‘jakent temir yo‘l uchastkasida yo‘lovchi poyezdlarining, shu jumladan shaharlararo yo‘nalishda tezyurar harakatni tashkillashtirish bo‘yicha temir yo‘llarni kapital ta’mirlash va boshqa amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Ushbu ishlarning amalga oshirilishi bilan "O'zbekiston temir yo'llari" AJ bosh menedjeri-bosh muhandisi v.b. Z.Mahamatov tanishib chiqdi.

Ta’kidlash joizki, bugungi kunda “O'zbekiston temir yo'llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Salar – Chirchiq – Xojikent temir yo‘l uchastkasida temir yo‘l izlarini mukammal ta’mirlash (reabilitasiya) ishlari ikki bosqichda olib borilmoqda. Birinchi bosqich, Salar – Chirchiq qismida bo‘lib o‘tadi. Hozirda, ushbu temir yo‘l qismining uchastkada kapital ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Ikkinchi bosqichda, Chirchiq – Xojikent uchastkasini qamrab oldi. Unda, inventar relslarni uloqqsiz relslarga almashtirish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, kapital ta’mirlash loyihasi doirasida inventar relslarni uloqsiz relslarga almashtirish, stansiya va peregonlarda o‘rta ta’mir ishlarini, temir yo‘l kesishmalarining qatnov qismlarida ko‘tarma ta’mir kabi ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, stansiyalarning asosiy yo‘llaridagi strelkali o‘tkazgichlarni va temir-beton bruslar bruslar bilan birgalikda almashtirilmoqda, ko‘priklarda mukammal ta’mirlash ishlarini hamda suv o‘tkazish sun’iy inshootlarini almashtirish kabi ishlar ham olib borilmoqda. Shuningdek, yo'l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida bir nechta qo‘riqlanmaydigan temir yo‘l kesishmasini qo‘riqlanadigan kesishma toifasiga o‘tkazildi. Bundan tashqari, stantsiyalarda va peregonlardagi temir yo‘llarini o‘rta darajada ta'mirlash ishlari olib boriladi.

Bosh menedjer-bosh muhandis v.b. Z.Maxamatov ta'mirlash ishlarini olib borish joylarini ko'zdan kechirdi va tekshirish davomida mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

Eslatib o'tamiz, kapital ta'mirlash, shu jumladan, turizm salohiyatini yanada rivojlantirish va mahalliy va xorijiy sayyohlarni sayohat qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga, Toshkent viloyatining noyob tabiiy hududlarida sayyohlik yo'nalishlarining transport aloqalarini tashkil etish va ta'minlashga qaratilgan izchil amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Axborot-tahliliy media markazi


0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI