"O'zbekiston temir yo'llari" Toshkent viloyati hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasida

Ma'lumki, 2022-yil 4-5-avgust kunlari Toshkent sanoat "Chirchiq" texnoparkida tarmoqlararo sanoat yarmarkasi bo'lib o'tmoqda. Unda, "O'zbekiston temir yo'llari" aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kiruvchi ishlab chiqarish va sanoat korxonalari, xususan, "Andijon mexanika zavodi" ShK va "Quyish va mexanika zavodi" ShKlar ham ishtirok etmoqda.

Shuni ta'kidlash kerakki, "Andijon mexanika zavodi" va "Quyuv-mexanika zavodi" sho'ba korxonalari "O'rtemiryo'lmashta'mir" UK tarkibiga kirib, faoliyati yuk vagonlarini qurish, kapital ta'mirlash va modernizatsiya qilishga, shu jumladan tsement va mineral tashish uchun vagonlarni ishlab chiqarishga, quyma mahsulotlar ishlab chiqarishga, po'lat va rangli quyma ishlab chiqarishga, shuningdek, harakatlanuvchi tarkib uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarishga  hamda temir yo'llarning yuqori tuzilishini ta'mirlash uchun ixtisoslashgan.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning 14-18-dekabr kunlari Toshkentdagi “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazmalar markazida Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Unda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kiruvchi ishlab chiqarish va sanoat korxonalari ishtirok etdi. Xususan, “Andijon mexanika zavodi” ShK (AMZ) “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ (OKMK) bilan 30 milliard so‘mlik memorandum imzolandi. Unga ko‘ra, AMZ tomonidan OKMK uchun 29 ta turli modifikasiyadagi vagonlarni ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Dunyoda analogi bolmagan nitrat ammoniya maxsulotini tashishga ixtisoslashtirilgan vagon sisterna OKMK va AMZ mutaxasislari bilan ozlashtirilib sinov jaroyonlari muvafaqqiyatli otkazildi. Bugun yarmarkada ushbu xamkorlik asosida yaratilgan loyiha uchun 22 mlrd. somlik shartnoma imzolandi.

Shuni ta'kidlash kerakki, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, import o'rnini bosish yo‘lining biri, ilg'or texnologiyalarni joriy etish, yangi ish o'rinlari yaratish, xodimlarni eng yaxshi amaliyotlarga o'rgatish, tegishli ishlab chiqarishni rivojlantirish va eng yaxshi boshqaruv amaliyotini joriy etishning samarali usuli hisoblanadi. "Andijon mexanika zavodi" ShK misolida mahalliylashtirilgan ishlab chiqarishni milliy bozor talablariga moslashtirish, uning xalqaro standartlarga muvofiq ishlashi va mamlakatimiz iqtisodiyotiga ijobiy ta'sir ko'rsatishda muvaffaqiyatli tajribalar taqdim etildi.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI