Zilzila vaqtida tegishli harakat va tadbirlarni amalga oshirish

Statistik maʼlumotlarga asosan, kuchli zilzila natijasida yer sharining turli mintaqalarida joylashgan mamlakatlarda yiliga bir necha mingdan o‘n minggacha odamlar qurbon bo‘lishi davom etmoqda. Bu esa insoniyatning kuchli zilzilaning zararli ikkilamchi oqibatlarini kamaytirish yo‘llari haqida maʼlumotga ega bo‘lishlarini taqozo etadi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisining joriy yilning 26 iyundagi Jamiyat tasarrufidagi korxona va tashkilotlarida zilzila va uning oqibatlariga oid ko‘rgazmali o‘quv-uslubiy vositalar yordamida amaliy o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar Rejasini kuchga kiritish to‘g‘risida”gi N-613-sonli buyrug‘i ijrosini taʼminlash maqsadida “Zilzila vaqtida tegishli harakat va tadbirlarni amalga oshirish” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi.

“Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli” UK tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu tadbirda O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati temir yo‘l mintaqaviy tashkiloti Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha koordinatori M.Sobitov ishchi-xodimlarga favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish hamda jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha maʼlumotlarni amaliy mashg‘ulot tarzida ko‘rsatib, mavzu doirasida batafsil maʼlumot berib o‘tdi.

O‘quv-seminar davomida “Zilzila va uning oqibatlarida evakuatsiya” mavzusida videorolik namoyish etilib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.



Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI