Hurmatli yo‘lovchilar!

Maʼlumki, Respublikamiz hududiga anomal sovuq ob-havo kirib kelishi munosabati bilan davlatimiz hukumati tomonidan berilgan topshiriqlarga asosan barcha bo‘g‘indagi oliy va o‘rta taʼlim muassasalarida qishki taʼtil muddatlari joriy yil 18 yanvarga qadar uzaytirildi.

Shu sababli bugungi kunda talabalar tomonidan joriy yilning 7-8-9 yanvar kunlariga onlayn tarzda xarid qilingan chiptalarni boshqa muddatlarga almashtirish maqsadida talaba yoshlar chipta.railway.uz saytidan foydalanishmoqda, bundan tashqari shu vaqtning o‘zida, boshqa yo‘lovchilar ham onlayn chiptalarni sotib olish harakatida, temir yo‘l kassalarida ham ushbu tizimdan foydalanilmoqda va shu bois, veb-sayt serverlari ortiqcha yuklangan holatda  ishlamoqda. Mazkur vaziyatda, yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida veb-saytda onlayn navbat joriy qilingan. Hozirda ushbu tizimning o'rnatilgan tartibda ishlashi kuzatilmoqda.

"O'ztemiryo'lyo'lovchi" AJ tizimdagi nosozliklari uchun uzr so'raydi!


Axborot-tahliliy media markazi

0
1

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI