21-mart "Butunjahon daun sindromi kuni": O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati temir yo‘l mintaqaviy tashkiloti jamoasi bolalar uchun tantanali tadbir o'tkazdi

O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tizimida ham bayram shukuhida bir qator xayriya tadbirlari amalga oshirilmoqda.

21 mart - Xalqaro daun sindromi mavjud insonlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati temir yo‘l mintaqaviy tashkiloti jamoasi Toshkent shahar, Mirobod tumanida joylashgan Alohida taʼlim ehtiyoji muhtoj bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 57-sonli maktabga tashrif buyurishdi. Maktab mutasaddilari bilan maktabda yaratilgan sharoit va bolalar bilan ishlash dasturlari bilan  tanishishdi.

— Maktabimiz bolalari sog‘lom bolalardan birmuncha farq qilsada, ular doim mehrga, eʼtiborga muhtoj sanalishadi, — dedi maktab direktori Jeleznyakova Svetlana Ivanovna. — Davlatimiz va homiylarimiz tomonidan maktabimizda bolajonlarimiz uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Lekin bu bolalar organizm xuddi mudrayotganday va rivojlanishga unchalik intilmayotganday tuyulsa-da, aslida u o‘sishni xohlaydi va tashqaridan beriladigan ko‘makga juda muhtoj.

Bolalar uchun maxsus tayyorlangan Navro‘z bayrami tantanasi bolalarning samimiy o‘yin-kulgilari bilan o‘zgacha shukuhda o‘tgan bo‘lsa, O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati temir yo‘l mintaqaviy tashkiloti tomonidan bolalar va o‘qituvchilar uchun maxsus tayyorlab kelgan sovg‘alari hamda “Lokomotiv” bog‘i tomonidan taqdim etilgan maxsus vaucher barchaga manzur bo‘ldi.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI