Temiryo‘lchilar bilan zilzila sodir bo‘lganda profilaktika choralari ko‘rilmoqda

Xabaringiz bor, joriy yilning fevral oyi boshida Turkiya va Suriyada 7,8 magnitudali bir nechta zilzilalar sodir bo‘lib, katta vayronagarchilik va insonlar qurboniga aylangan edi.

Bundan tashqari, yaqinda Markaziy Osiyo mintaqalarida sezilarli silkinishar sodir bo‘ldi. Shu munosabat bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tarkibiy bo‘linmalarida, tashkilotlarida, korxonalarida O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati temir yo‘l mintaqaviy tashkiloti jamoasi  tomonidan profilaktika tadbirlari, o‘quv-seminarlar o‘tkazilib, zilzilalar paytida va undan keyingi harakatlar yuzasidan tushuntirishlar berilmoqda.

Navbatdagi o‘quv seminari “1-sonli Energomontajniy poyezd” unitar korxonasi va “Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli” unitar korxonasida tashkil etildi. Seminarda O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati temir yo‘l hududiy tashkiloti Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha koordinatori M.Sobitov korxona xodimlariga ekstremal vaziyatda omon qolishga yordam beradigan chora-tadbirlar haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Seminar tinglovchilariga zilzilalarning kelib chiqish sabablari va mexanizmlari haqida qisqacha ekskursiya uyushtirilib, xavfli zona tushunchasi, uni aniqlash usullari, zilzila sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish va jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish haqida tushunchalar berildi.

Shunisi eʼtiborga loyiqki, har bir maʼruza alohida mavzuga oid bo‘lib, unda har bir korxona mutaxassislariga o‘z faoliyat turiga qarab, ish joyida zilzila ehtimoli bo‘yicha tavsiyalar va qoidalar berildi.

Seminarda, shuningdek, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan halokatli vaziyatlarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha faol chora-tadbirlar ko‘rilayotgani taʼkidlandi. Eng muhim jihat - bu shaharlar va mamlakatlar aholisining yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tahdidlarga o‘zlarining jamoaviy masʼuliyatini ochib berishga tayyorligi va xabardorligi eng muhim jihat ekangi haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni mutaxassislarga berib, ularga atroflicha javob oldilar.

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI