Temir yo‘l korxonalarida hafta davomida amalga oshirilgan ishlar haqida

Bitiruvchi talabalar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Toshkent davlat transport universitetida bitiruvchi talabalar va “Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli” UK masʼullari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvdan maqsad bitiruvchi talabalarni ish bilan taʼminlash va temir yoʻl transporti sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yoshlarni tanishtirish edi. Suhbatdan muvaffaqiyatli oʻtgan bitiruvchi yoshlar “Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli” UKning vakant ish oʻrinlariga ishga kabul qilinadi.

Ishchi guruh joylarda nazorat o‘tkazmoqda

"Jizzax — Samarqand — Buxoro" temir yo'l uchastkasining temir yo'l atrofidagi sim to'siqlar, temir panjaralar hamda temir yo'lning holatini o'rganish va aniqlangan kamchiliklarni o'z vaqtida bartaraf qilish maqsadida bugun Buxoro mintaqaviy temir yo'l uzeli unitar korxonasi rahbari boshchiligidagi ishchi guruh nazorat ko'rigini o'tkazmoqda. 

"Raxbar va Yoshlar" uchrashuvi

Qo`qon temir yo`l texnikumida 2023 yil yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan  Qo`qon mintaqaviy temir yo`l uzeli boshlig`i Milladjanov Baxtiyor Parpiyevich, Qo`qon mintaqaviy temir yo`l uzeli yetakchilar  kengashi raisi Azizov Abduxakim Abdurashid o`g`li, Xodimlar bo`limi boshlig`i Madatov Rashidxon Odilxon o`g`li hamda texnikum o`quvchilari bilan birgalikda "Raxbar va yoshlar" uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuv qiziqarli savol javoblarga boy bo`ldi hamda o`quvchilar o`zlari qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Profilaktik uchrashuvi

Toshkent temir yo‘l texnikumida "Yoshlar bilan uchrashuv" doirasida “Terrorizim va diniy ekstremizm - davr muammosi”, “Internetdan samarali foydalanish va onlayn o‘yinlarning salbiy oqibatlari” mavzularida guruhlarda davra suhbatlari o‘tkazildi. Tadbirda Toshkent mintaqasi temir yo‘l TXTB HPB inspektorlari, Texnikum direktori v.b. A.X.Mavlanov, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari v.b. S.A.Nabiyev, Yoshlar yetakchisi D.N.Rejametova, Yoshlar bo‘limi uslubchisi N.A.Pardayevalar ishtirok etdi. Suhbat har bir guruhlarda ochiq muloqot tarzida o‘tkazildi.

Kitobdan yaxshi do‘st yo‘q jahonda

Kutubxonachilar kuni munosabati bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati faollar zalida “Kitob – ilm va hikmat manbai” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Temir yo‘l ilmiy-texnik kutubxonasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, fizika-matematika fanlari nomzodi Hamidjon Toxirjonov hamda O‘zbekiston ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivi bo‘limi mudiri, “Sodiq xizmatlari uchun” medali sohibi Gʻulomjon Musayev ishtirok etdi.

"Oʻzbekiston" lokomotiv deposida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi

"Oʻzbekiston" lokomotiv deposida anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi tashkil qilindi. Uchrashuvni "Oʻzbekiston" lokomotiv deposi boshligʻi F.E. Maxamatov boshchiligida boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda korxona rahbari yoshlar uchun respublikamizda muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar bilan tanishtirib oʻtdi.

"Markaziy Osiyo — Xitoy" sammiti doirasida transport logistika masalalari muhokama etildi

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi boshchiligidagi delegasiya va Xitoyning "Taiton Internatioanal Transport" kompaniyalari o‘rtasida konteyner tashuvlarini rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish  bo‘yicha uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida "Xitoy-Qirg‘izston-O‘zbekiston" multimodal koridori orqali yuk tashishlarni tashkil etish bo‘yicha takliflar  ilgari surildi.

Zukko kitobxon 2023

Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli unitar korxonasi Boshlang‘ich tashkilot yetakchilar Kengashi tomonidan “Zukko kitobxon-2023” ko‘rik tanlovi o'tkazildi. Ko‘rik tanlovda uzel tasarrufidagi korxona va tashkilotlar kesimidan saralab olingan ishchi-xodimlar ishtirok etdi.

"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ 
Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI