Yo'lovchilar diqqatiga!

Ma’lumki, temir yo‘l infratuzilmasini isloh qilish, elektr-energiya, yoqilg‘i, logistika va transport xarajatlarini qoplash, shuningdek, yangi yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarni xarid qilish,  maqsadida 2024-yil 15-maydan  boshlab yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" elektropoyezdlarining chiptalar narxlari ekonom klass -20%, biznes klass -30% va VIP klass -40% vagonlari uchun oshmoqda.

Toshkent — Buxoro
VIP 890 000 so‘m
Biznes 600 000 so‘m
Ekonom 403 000 so‘m

Toshkent — Qarshi
VIP 747 000 so‘m
Biznes 507 000 so‘m
Ekonom 338 000 so‘m

Toshkent — Samarqand 
VIP 554 000 so‘m
Biznes 358 000 so‘m
Ekonom 244 000 so‘m etib belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-329-sonli Qaroriga muvofiq 2024-yil 1-yanvardan boshlab yuqori tezlikdagi "Afrosiyob" elektropoyezdlarida  yo‘lovchilarni tashish xizmatlari tariflarini davlat tomonidan tartibga solish amaliyotidan voz kechish, shuningdek, ularni bozor tamoyillari asosida tartibga solish mexanizmiga o‘tish amalga oshirildi.

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI