Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorligining 2-koridori doirasidagi (Pop-Namangan-Andijon) temir yo‘l liniyasini elektrlashtirish loyihasining moliyaviy hisobotini tashqi auditdan o'tkazish xizmatlari bo‘yicha eng yaxshi takliflarni tanlash

Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorligining 2-koridori doirasidagi (Pop-Namangan-Andijon) temir yo‘l liniyasini elektrlashtirish loyihasining moliyaviy hisobotini tashqi auditdan o'tkazish xizmatlari bo‘yicha

eng yaxshi takliflarni tanlash o'tkazilishi to'g'risida

E’LON

MAHSULOTNING TAVSIFI VA NARXI

Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorligining 2-koridori doirasidagi (Pop-Namangan-Andijon) temir yo‘l liniyasini elektrlashtirish loyihasining moliyaviy hisobotini tashqi auditdan o'tkazish xizmatlari bo‘yicha eng yaxshi takliflarni tanlash o'tkazilishini e'lon qiladi.

Xarid qilinadigan xizmatlarning boshlang'ich narxi tanlov hujjatining narx qismida ko'rsatilgan.

Moliyalashtirish manbai - "O'zbekiston temir yo'llari" AJning o'z mablag'lari.

ENG YAXSHI TAKLIFLARNI TANLASH ISHTIROKCHILARI UCHUN TALABLAR

Eng yaxshi takliflarni tanlashda mulkchilik shaklidan qat'iy nazar, har qanday yuridik shaxslar, shu jumladan kichik biznes subyektlari qatnashishi mumkin.

Eng yaxshi takliflarni tanlashda ushbu xizmatni ko’rsatish uchun litsenziyaga ega xorijiy yuridik shaxslar (O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari) auditorlik tashkilotlari ishtirok etishlari mumkin.

BUYURTMACHI VA LOTLAR HAQIDA MA’LUMOT

Buyurtmachi nomi: «O‘zbekiston temir yo‘llari» АJ.

STIR (ИНН): 201 051 951.

Buyurtmachi manzili: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, 100060, Mirobod tumani, T. Shevchenko ko’ch,7.

Boshlanish sanasi: 19.05.2023y.

Tugatilish sanasi: 26.05.2023y.

Takliflarni taqdim etishning oxirgi kuni: 26.05.2023y. soat 17-57 gacha (Toshkent shahri vaqti bilan).

Takliflarni taqdim etish manzili: O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, 100060, Mirobod tumani, T. Shevchenko ko’ch. 7, Xarid jarayonlarini tashkil etish va o’tkazish bo’limi, «O’zbekiston temir yo’llari» АJ.

Aloqa bo’limi: xarid jarayonlarini tashkil etish va o’tkazish bo’limi, e-mail: nkz5@uzrailway.uz

Xohlagan korxonalar harid hujjatlarini maxsus axborot portalida (https://etender.uzex.uz/lot/248856) yuklab olishlari yoki Buyurtmachiga yozma ravishda murojaat qilish orqali elektron shaklda olishlari mumkin (xat tashkilot/korxona varaqasida bo'lishi kerak va skanerlangan nusxa yuqoridagi elektron pochta manziliga yuborilishi mumkin).

Lot raqami

Nomi

248856

Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorligining 2-koridori doirasidagi (Pop-Namangan-Andijon) temir yo‘l liniyasini elektrlashtirish loyihasining moliyaviy hisobotini tashqi auditdan o'tkazish


Дополнительная навигация по сайту