Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

17:30:37 (GMT +5), yakshanba, 28 fevral 2021

“Tig‘iz payt”dagi metro bekatlarida yo‘lovchilarning tirbandligiga sharh

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metropoliteni stansiyalari platformalarida va harakat tarkibida yo‘lovchilarning tiqilinch holatda ketayotganligi haqida xabarlar tarqalmoqda. Ushbu holat ayniqsa, “Chilonzor”, “M. Ulug‘bek” va “Novza” stansiyalarida ko‘p kuzatilmoqda, deyilgan xabarda.

Ushbu holatga “Toshkent metropoliteni” unitar korxonasi hozirgi kunda poytaxt metropoliteni barcha yo‘nalishlarda belgilangan poyezdlar jadvaliga muvofiq ish olib borayotganligini ma'lum qilmoqda. Chilonzor yo‘nalishida Sirg‘ali metrosi ochilgandan so‘ng, yo‘lovchilar qatnovi soat 07:00-09:00 va kechqurun 17:00-19:00 vaqtlar oralig‘ida sezilarli ko‘paygan. Bunday sharoitda, “Toshkent metropoliteni” UK yo‘lovchi poyezdlar o‘rtasida harakatlanish oralig‘ini qisqartirish bo‘yicha choralar ko‘rmoqda va intensiv yo‘lovchilar oqimi pasayganidan so‘ng, poyezdlar harakati oralig‘i yana ko‘paymoqda. 

Har kuni Toshkent metropoliteni 250 mingdan ortiq yo‘lovchilarni tashiydi. “Toshkent metropoliteni” UK rahbariyati yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish uchun barcha zarur choralarni ko‘rmoqda. Shuningdek, aholi gavjum paytida, yo‘lovchilar tashish intensivligiga qarab, qo‘shimcha chiptaxonalar ochiladi. 

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, platformaning butun uzunligi bo‘ylab yo‘lovchilar noto‘g‘ri joylashlagliklari ham vahima qo‘zg‘atadi. Odatda yo‘lovchilar poyezdning birinchi yoki oxirgi vagonlariga kirishga harakat qilishadi, bu esa o‘rta vagonlarda yetarlicha joylar qolib ketishiga sabab bo‘ladi.  

Tajribalar shuni ko‘rsatdiki, yo‘lovchilar to‘lovlarni amalga oshirishlari uchun yagona transport kartasi joriy etilishi va aholi uning balansini kassalarda to‘ldirishga harakat qilishlari ham aholining bir joyga to‘planishiga sabab bo‘lmoqda. Ayni paytda, chiptaxonalardan tashqari, to‘lov kartalaridagi balansni to‘ldirishning bir nechta muqobil turlari mavjud bo‘lib, ular haqida biz va mutasaddilar bir necha bor xabar bergan edik. Xususan, ATTO ilovasi (QR kodlarini ishlab chiqaruvchi), NFC texnologiyasi, PayMe va Apelsin to‘lov tizimlari, HUMO to‘lov tizimining bank kartalari yordamida balansni to‘ldirish mumkin. Bundan tashqari, chiptaxonalar yonida maxsus axborot kiyoskalari o‘rnatilgan bo‘lib, u yerda yo‘lovchilar Yagona transport kartasi balansini to‘ldirishlari va SMS-xabar kabi qo‘shimcha xizmatlarni yoqishlari mumkin. 

“Toshkent metropoliteni” UK


“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish