Rivojlanish strategiyasi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJni 2030-yilgacha
 rivojlanish strategiyasi

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining temir yo‘l transportini rivojlantirishga qaratilgan qaror va farmonlariga muvofiq, shuningdek “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida temir yo‘l sohasini kompleks modernizatsiya qilish, uning raqobatbardoshligini oshirish va transport-logistika tizimidagi rolini kuchaytirish maqsadida mazkur rivojlanish strategiyasi ishlab chiqildi.
Strategiya temir yo‘l transporti orqali yuk va yo‘lovchi tashish samaradorligini oshirish, xizmatlar sifatini yaxshilash, infratuzilmani modernizatsiya qilish hamda respublika hududlarini yuqori tezlikdagi temir yo‘l qatnovi bilan qamrab olishga qaratilgan uzoq muddatli ustuvor yo‘nalishlarni belgilaydi.



Temir yo‘l transporti sohasini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va farmonlari

  • 2023-yil 10-oktabrdagi PQ-329-sonli qarori - O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti sohasini tubdan
    isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida;

  • 2025-yil 29-dekabrdagi PQ-394-sonli qarori - Strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimini yangicha yondashuvlar asosida
    tashkil etish va samarali yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida;

  • 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-sonli Farmoni - O‘zbekiston — 2030» strategiyasini «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili»da
    amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida;

  • 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-sonli Farmoni - O‘zbekiston — 2030» strategiyasini «Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot» yilida
    amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida;

  • 2025-yil 30-oktabrdagi PF-201-sonli Farmon - Strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimini joriy etish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risidai;

  • 2026-yil 16-fevraldagi PF-21-sonli Farmoni - Mamlakat taraqqiyotining 2030-yilgacha mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlari doirasida islohatlarni
     izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib chiqishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida;

  • 2026-yil  16-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni - «Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish» yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha
    islohotlar dasturlari va «O‘zbekiston — 2030» strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi to‘g‘risida;.


Sohaning hozirgi o‘rni va ahamiyati

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ 1994 yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda mamlakat iqtisodiyotining strategik ahamiyatga ega tizimli tarmoqlaridan biri hisoblanadi.
Temir yo‘l transporti:
  • respublika iqtisodiyoti tarmoqlari o‘rtasida uzviy bog‘lovchi infratuzilma hisoblanadi;
  • tashqi savdo va tranzit yuk tashishda muhim o‘rin tutadi;
  • aholiga ommaviy va xavfsiz transport xizmatlarini taqdim etadi.

O‘zbekiston Respublikasining geostrategik joylashuvi Markaziy Osiyoda transport yo‘laklari kesishmasida joylashgan bo‘lib, mamlakat hududi orqali Shimol–Janub va Sharq–G‘arb yo‘nalishlaridagi xalqaro transport koridorlari o‘tadi. Bu esa temir yo‘l sohasini rivojlantirishda hal qiluvchi omil hisoblanadi.

Ustuvor rivojlanish yo‘nalishlari


1. Infratuzilmani rivojlantirish
  • temir yo‘l liniyalarini rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash;
  • elektrlashtirilgan uchastkalar ulushini oshirish;
  • yangi temir yo‘l liniyalari va transport koridorlarini barpo etish.
2. Yuqori tezlikdagi harakatni rivojlantirish
  • poezdlar harakat tezligini bosqichma-bosqich 200–250 km/soatgacha oshirish;
  • zamonaviy elektropoezdlar parkini kengaytirish;
  • yo‘lovchilar uchun qulay va tezkor transport xizmatlarini tashkil etish.
3. Raqamlashtirish va innovatsiyalar
  • temir yo‘l sohasida raqamli boshqaruv tizimlarini joriy etish;
  • avtomatlashtirilgan harakat boshqaruv tizimlarini rivojlantirish;
  • “aqlli temir yo‘l” (Smart Railway) konsepsiyasini joriy qilish.
4. Investitsiya va moliyaviy barqarorlik
  • xususiy investitsiyalarni jalb qilish;
  • davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini kengaytirish;
  • xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kuchaytirish.
5. Logistika va tranzit salohiyatini oshirish
  • multimodal transport-logistika markazlarini rivojlantirish;
  • tranzit yuk tashish hajmini oshirish;
  • chegara punktlarida o‘tkazuvchanlikni yaxshilash.
6. Ekologiya va barqaror rivojlanish (ESG)
  • energiya samaradorligini oshirish;
  • atrof-muhitga ta’sirni kamaytirish;
  • “yashil transport” tamoyillarini joriy etis

Sohani asosiy vazifalar
  • temir yo‘l orqali yuk va yo‘lovchi tashish hajmini oshirish;
  • yuqori tezlikdagi va tezyurar poezdlar harakatini kengaytirish;
  • infratuzilmani modernizatsiya qilish va rekonstruksiyalash;
  • temir yo‘l tarmog‘ini bosqichma-bosqich elektrlashtirish;
  • xizmatlar sifatini va xavfsizligini oshirish;
  • raqamlashtirish va innovatsion texnologiyalarni joriy etish.
  • Temir yo’l harakat tarkibini yangilash
Sohani transformatsiya qilish yo‘nalishlari
  • raqobat muhitini shakllantirish;
  • vagon operatorlari xizmatlarini liberallashtirish;
  • korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish;
  • malakali kadrlar tayyorlash va xalqaro tajribani joriy etish.


“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda sifat sohasidagi siyosati

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning sifat sohasidagi siyosati temir yo‘l xizmatlaridan foydalanuvchilar sonini oshirishga, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini muntazam ravishda yaxshilashga, mijozlarning ehtiyoj va kutishlarini qondirishga, shuningdek barqaror raqobatbardosh pozitsiyalarni shakllantirish va mustahkamlashga qaratilgan.
Jamiyatning asosiy faoliyati temir yo‘l transporti orqali tashishlarni tashkil etish va boshqarish bo‘yicha yuqori sifatli xizmatlar ko‘rsatishga yo‘naltirilgan bo‘lib, ushbu xizmatlar xavfsizlik, ishonchlilik, raqobatbardoshlik talablariga javob beradi hamda iste’molchilar ehtiyojlarini to‘liq qondirgan holda xalqaro standartlarga mos ravishda amalga oshiriladi.
Mazkur maqsadlarda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ quyidagi faoliyatni amalga oshiradi:

  • temir yo‘l tashish xizmatlari bo‘yicha iste’molchilar qoniqish darajasini o‘rganish va baholash;
  • xizmatlar sifatini va tashishlar xavfsizligini oshirishga qaratilgan doimiy chora-tadbirlarni amalga oshirish, logistika sxemalari va texnologik jarayonlarni uzluksiz takomillashtirish;
  • zamonaviy boshqaruv usullari, texnologiyalar va texnik vositalarni joriy etish, ularning atrof-muhitga ta’sirini minimallashtirish;
  • mijozlarga qo‘shimcha xizmatlar taklif etish, xizmatlar turini kengaytirish va innovatsiyalarni joriy etish orqali barqaror raqobatbardoshlikni ta’minlash;
  • hamkorlar bilan o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish;
  • jamiyat faoliyatining texnik-iqtisodiy samaradorligini oshirishga qaratilgan investitsiya siyosatini amalga oshirish;
  • malakali kadrlarni jalb qilish, ilg‘or tajribani o‘rganish va joriy etish, xodimlarning kasbiy malakasini muntazam oshirish;
  • xodimlarning iste’molchilar ehtiyoj va kutishlari to‘g‘risidagi xabardorligini oshirish;
  • xodimlarning o‘z faoliyati natijalariga shaxsiy manfaatdorligini ta’minlash;
  • xodimlar uchun qulay mehnat muhitini yaratish hamda ularning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini yaxshilash;
  • jamiyatning ehtimoliy hamkorlari va mijozlari uchun ommaviy axborot vositalari orqali ochiq axborotga kirish imkoniyatini ta’minlash.

Sifat sohasidagi siyosatni amalga oshirish maqsadida jamiyat rahbariyati quyidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi:

  • mazkur siyosat talablariga qat’iy rioya etish va jamiyat faoliyati barqarorligini ta’minlash;
  • zamonaviy boshqaruv tamoyillari hamda sifat menejmenti tizimi (SMT) bo‘yicha xalqaro standartlar asosida boshqaruv tizimini takomillashtirish, bunda iste’molchilar, hamkorlar va xodimlar manfaatlarini hisobga olish;
  • sifat sohasidagi siyosat va maqsadlarning bajarilishini ta’minlash.
  • Sifat menejmenti tizimi (SMT) samaradorligini doimiy ravishda oshirib borish uchun shart-sharoitlar yaratish.


Faylni yuklab olish
pdf
Faylni yuklab olish
pdf