Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

16:10:45 (GMT +5), chorshanba, 23 Мая 2018

Inson qadri ulug', xotirasi muqaddas

“O'zbekiston temir yo'llari” aktsiyadorlik jamiyati boshqaruvi hamda O'zbekiston temiryo'lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi rahbariyati 9 may - Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan bir guruh faxriylarning xonadonlariga tashrif buyurdi.

Prezidentimiz?Shavkat Mirziyoevning joriy yil 16 apreldagi “Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan tadbirda ko'plab nuroniylar rag'batlantirildi. Jumladan, 7-may kuni “O'zbekiston temir yo'llari” aktsiyadorlik jamiyati boshqaruvi hamda O'zbekiston temiryo'lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan 39 nafar 2-jahon urishi qatnashchilarining har biriga 2 million so'mdan, shuningdek, 100 nafardan ziyod front ortida mehnat qilgan faxriy temiryo'lchilarning har biriga 1 million so'mdan pul mukofoti hamda qimmatbaho sovg'alar topshirildi. 

Bayram arafasida uyushtirilgan ushbu tashrif faxriylarning kayfiyatiga yanada ko'tarinkilik bag'ishladi. Hayotining ayni yoshlik chog'ini vatan tinchligi va uning himoyasi uchun bag'ishlagan, urush davrining suronli kunlarini boshidan kechirgan hamda temir yo'l sohasi rivoji uchun sezilarli hissa qo'shgan faxriylarimiz bunday e'tibordan mamnun ekanliklarini yashirolmadilar. 

  

–Tashrifingizdan boshim osmonga yetdi, – deydi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Abdug'afur Jalilov. – Sizlarni ko'rib yoshligimni esladim, shijoatim oshdi, ruhim tetiklashdi. Bugungi kunda yoshlar uchun yaratib berilgan sharoitlar, imkoniyatlar biz uchun orzu edi. Tinchligimizga, farovon turmushimizga ko'z tegmasin. Davlatimiz va hukumatimiz tomonidan bizlarga ko'rsatilayotgan g'amxo'rlikdan judayam minnatdormiz.
Ikkinchi jahon urushi dahshatlarining guvohi bo'lganlar safi tobora kamayib bormoqda. Shu bois ularni har qancha e'zozlasak, ehtirom ko'rsatsak arziydi.

Axborot xizmati

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko’rinish