Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

17:54:00 (GMT +5), dushanba, 18 dekabr 2017

Kengash

Davlat aktivlariga ega bo’lgan yirik aksiyadorlik kompaniyalarning faoliyat darajasini oshirish bo’yicha kuzatuv kengashi a’zolarining o’rni va javobgarliklarini kuchaytirish maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 24 iyuldagi №PQ-424 “Davlat aktivlariga ega ayrim yirik aksiyadorlik kompaniyalari kengashlarining tarkiblarini tasdiqlash to’g’risida”gi qarori bilan “O’zbekiston temir yo’llari” AJ Kengashining quyidagi tarkibi tasdiqlangan:

Aripov A.N. O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri;

O’zbekiston Respublikasi Bosh vazir o’rinbosari;
Gafarov S.X.. O’zbekiston Respublikasi xususiylashtirish,monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi raisi birinchi o’rinbosari;
Mirzaev M.M. O’zbekiston Respublikasi moliya vaziri o’rinbosari;
Usmonov A.A. O’zbekiston Respublikasi adliya vaziri o’rinbosari;
Niyozhujaev S.P. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri o’rinbosari;
Yuldashev A.A.. O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi raisi birinchi o’rinbosari;
Ahmedov D.B. “O’zdavtemiryo’lnazorat” DI rahbari

Kengashning asosiy vazifalari:

  • muntazam asosda (har chorakda) aksiyadorlik kompaniyalari moliyaviy-xo'jalik faoliyati ko'rsatkichlari o’sishinining ko’rgazmali tahlilini amalga oshirish;
  • korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish, tasdiqlangan biznes-rejalari parametrlarini bajarish borasida kompaniya va korxonalar rahabrlari faoliyati natijalarini, ularning egallab turgan lavozimiga muvofiqligini prinsipial baholashni nazarda tutgan holda kompaniyalar va ularning tarkibiga kiruvchi korxonalar ijro etuvchi organlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirish bo’yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirishni ta’minlash;
  • Hisobot yilidagi ish yakunlarini chiqarishda har bir Kengash a’zosini undagi shaaxsiy ishtiroki samaradorligini tanqidiy ko’rib chiqish;
  • Kengash raislari, zarur holarda, yetarli tashabbus va prisipiallik ko’rsatmayitgan Kengash a’zolarini almashtirish bo’yicha belgilangan tartibda asosli takliflar kiritish.