Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

17:54:32 (GMT +5), dushanba, 18 dekabr 2017

E'lonlar

 "Qo'qonspirt" aktsiyadorlik jamiyati aktsiyadorlariga

Hurmatli aksiyadorlar!

     

      O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 sentyabrdagi PQ-3263-sonli “Yuqori sifatli etil spirti va likyor-araq mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaroriga muvofiq“Qo'qonspirt” AJning “O'zspirtsanoat” AJga tegishli 51,01 foiz va davlatga tegishli 46,98 foiz aktsiyalari “O'zbekiston temir yo'llari” AJga to'liq o'tkazildi.

“Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 40-moddasiga muvofiq, jamiyat aktsiyalarining 50 va undan ortiq foizi egasiga aylangan shaxs, agar u bungacha mazkur jamiyat aktsiyalariga egalik qilmagan yoki aktsiyalarining 50 foizidan kamrog'iga egalik qilgan bo'lsa, qolgan aktsiyalar egalariga aktsiyalarni bozor qiymati bo'yicha o'ziga sotishlari borasidagi taklifini o'ttiz kun ichida e'lon qilishi, shuningdek aktsiyadorning o'ziga tegishli aktsiyalarni sotishi to'g'risidagi yozma roziligi e'lon qilingan kundan e'tiboran o'ttiz kun ichida olingan taqdirda, jamiyatning 50 va undan ortiq foiz aktsiyalari egasi mazkur aktsiyalarni sotib olishi shartligi belgilab qo'yilgan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 sentyabrdagi PQ-3263-sonli qarorining 10-bandiga asosan, qolgan aktsiyadorlardan aktsiyalarni sotib olish maqsadida,“Qo'qonspirt” AJda baholash ishlari o'tkazildi. Baholash hisobotiga ko'ra, “Qo'qonspirt” AJ bir dona aktsiyasining bozor qiymati 1,55 (bir so'm 55 tiyin) so'mni tashkil etdi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, “Qo'qonspirt” AJ aktsiyadolari o'zlariga tegishli aktsiyalarni sotish yuzasidan “Qo'qonspirt” AJning korporativ aloqalar xizmatiga (tel.: 

+99873 515 4100), shuningdek “O'zbekiston temir yo'llari” AJning aktsiyadorlar bilan 

korporativ munosabatlar boshqarmasiga 

(tel.: +998712364826) murojaat etishingizni so'raymiz.