Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

16:05:08 (GMT +5), chorshanba, 22 fevral 2017

“O’ztemiryo’lkonteyner” AJ

“O’ztemiryo’lkonteyner” AJ - bu kompaniya bilan ishonchli!

Faoliyatimizning tamoillari - o’zining sohasida eng zo’ri bo’lish.

“O’ztemiryo’lkonteyner” AJ “O'zbekiston temit yo’llari”ning konteyner parki operatori hisoblanib, konteyner tashishni tashkillashtirish bilan bog’liq bo’lgan xizmatlarni ko’rsatadi.

Biz yuk eltishni ta’minlaymiz, turli xildagi va hajmdagi vagon va konteynerlarda tashishni tashkillashtiramiz, butun yo’l mobaynida kuzatuv ishlarini olib boramiz.

Bunday ish mutaxassisdanhar taraflama bilimni va yuqori darajada professinallikni talab qiladi.Bizning hamkasblarimiz bu sohada tegishli malaka va attestatsiyaga egadirlar.

Temir yo’l transporti faoliyatining nozik joylarini, uning ichki faoliyatini bilish bizning jammiyatimizga O’zbekiston transport xizmatlari bozorida yetakchilik qilish imkonini berdi.

Biz harakatlanuvchi tarkibni yuk tashish uchun va ijaraga foydalanish uchun taqdim qilamiz., kelgan vagonlarni rasmiylashtirish xizmatlarini ko’rsatadi, yuk tushirish va ortish ishlarini olib boradi, turli qiyinlikdagi temir yo’l tariflarini hisoblab beramiz, yuklarni boshqa manzilga yuborishni amalga oshiramiz, konteynerlarda yuklarni tashish, O’zbekiston va MDH mamlakatlari bo’ylab ekspeditorlik kodlarini taqdim etamiz, tashish rejalarini olishda ko’maklashamiz, vagon va konteynerlarning joylashuvi haqida mijozlarga tezkor habar yetkazamiz.

Yuk va yo’nalish darajasidan kelib chiqib, biz yetkazish sxemasini individual ishlab chiqamiz. Kerak bo’lsa, ombor terminalari ishga tushiriladi, u yerda yuk keyingi transport turi kelishini kutib turish jarayonida saqlanib turishi mumkin.

“O’ztemiryo’lkonteyner” AJ O’zbekiston temir yo’llari bo’ylab rasmiy ekspeditor hisoblanib, O’zbekiston Respublikasi, MDH davlatlari, Evropa va Osiyo hududida eksport-import, tranzit va davlatlararo konteynerlarda yuk tashish transport-ekspeditorlik xizmatlarini taqdim etadi.

Terminallar

“O’ztemiryo’lkonteyner” AJ O’zbekiston Respublikas bo’ylab joylashgan mintaqaviy filiallarning keng tizimiga, hamda qo’shma korxonalarga ega.

Jamiyat terminallari Chuqursoy, Toshkent-tovarnaya, segeli, Ohangaron, To’y-tepa, Jizzax, Buxoro, Ulug’bek, Karmana, Tinchlik, Yangi-Zarafshon, Termiz, Qarshi, Dehqonobod, Nukus, Urganch, Qo’qon, Andijon, Temiryo’lobod, Marg’ilon va Raustan stantsiyalarida joylashgan.

Terminalimizning quvvati kompleks logistika xizmatlarini amalga oshirishga imkon beradi, bu esa Mijozlarimizning mablag’larini tejashga,majburiyatda soqit bo’lishga va yukdan havotir olishdan ozod bo’lishga sabab bo’ladi.

Terminallarda: bojxona omborlari, konteyner maydonlari, yuk tushirish-ortish maydonlari, maxsus texnika va avtomobillarni yuklash uchun estakadalar, 5 tonnadan 32 tonnagacha yuk ko’tarish kuchiga ega ko’tarma kranlar, 25 tonna yuk ko’tarish kuchiga ega mobil kranlar, 1.5 tonnadan 3 tonnagacha ko’tarish kuchiga ega panshaxali yukortgichlar, to’kiladigan yuklarni yuklash uchun ro’paradan yukortgichlar.

Biz yuk ortilgan joydan to oluvchisiga qadar, duch kelayotgan barcha masalalarni ishonchli yechimini o’z ichiga olgan holda, yukning yetkazilishini ta’minlash haqida qayg’uramiz.