Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

23:52:25 (GMT +5), yakshanba, 26 mart 2017

Xodimlarni tayorlash va malakasini oshirish

Toshkent temir yo’l muhandislari instituti qoshidagi kadrlar malakasini oshirish, tayyorlash va qayta tayyorlash yo’l markazi

      TTYMIning malaka oshirish fakul teti bazasida “O’zbekiston temir yo’llari” AJ boshqaruvi raisining 2004 yil 1 noyabridagi 349-N sonli buyrug’i bilan tashkil etilgan va 2005 yil 1 yanvardan o’z faoliyatini boshlagan “Kadrlar malakasini oshirish, tayyorlash va qayta tayyorlash yo’l markazi” jamiyatning kadrlar masalasi borasidagi muammolarini echishda etarlicha xissa qo’shib kelmoqda.

      Markaz tarkibiy qismi ikkiga bo’linadi. Bular rahbar kadrlar va mutaxassislarning malakasini oshirish fakul teti va ommaviy ishchi kasblar mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularni qayta tayyorlash bo’limidir(sobiq yo’l texnik maktabi).
      So’nggi yillar amaliyoti shuni ko’rsatdiki, qayta tashkil etishning qanchalik to’g’ri ekanligini institut moddiy-texnik bazasi, professor-o’qituvchilar tarkibi va “O’zbekiston temir yo’llari” AJ qoshida tashkil etilgan markaz filiallaridan yanyada unumli foydalanish imkoniyati tug’ildi.
     Rahbar kadrlar va mutaxassislarning malakasini oshirish fakulteti Toshkent temir yo’l muhandislari instituti mutaxassislar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashning tarixiy markazidir.
     1930 yildan boshlab Toshkent temir yo’l boshqarmasi qoshida tor yo’nalish bo’yicha muhandis va texniklarni tayyorlash va ularni malakasini oshirish bo’yicha kurslar tashkil etilib, keyinchalik 1931 yilning 1 senyabridan boshlab bu kurslar yangi tash kil etilgan O’rta Osiyo temir yo’l muhandislari institutiga berilgan (1937 yili O’OTYMI TTYMIga o’zgartirildi).
    1961-1968 yillarda TTYMIda temir yo’l vazirligining muhandis-texnik ishchilari va xizmatchilari uchun xo’jalik hisobidagi maxsus malaka oshirish kurslari faoliyat yuritgan. 1969 yil 1 yanvardan esa institutda butun sobiq ittifoqdan tashrif buyuruvchi temir yo’lchilarni o’z bag’riga olgan malaka oshiri va qayta tayyorlash fakul teti ochilgan.
      1989 yil 1 yanvardan boshlab malaka oshirish fakul teti to’liq xo’jalik hisobiga o’tib, umumiy va noumumiy foydalanishdagi temir yo’l transportining rahbar kadrlari va mutaxassislarini maqsadli kursdarini tashkil etishni boshladi.
      O’zbekiston mustaqilligining rivojlanish davrlarining boshlaridanoq fakul tetning barcha faoliyati O’zbekiston Respublikasida kadrlar tayyorlashning milliy dasturi, "Ta’lim to’g’risida"gi Qonun hamda AO «Uzbekiston temir yullari» AJning kadrlar siyosatiga qaratildi.
     Ommaviy-ishchi kasblar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo’limi Toshkent lokomotiv mashinistlari texnik maktabi 1942 yil iyulda Toshkent elektromexanika texnikumi qoshidagi kurs tizimi bazasida alohida xo’jalik hisobi birligi sifatida tashkil etilgan bo’lib o’sha davrda O’rta Osiyo temir yo’llarida ommaviy-ishchi kasb mutaxassislarini tayyorlash bo’yicha yagona o’quv muassasa hisoblangan.       
    1943 yilda maktabga “Toshkent texnik maktabi” nomi berildi va ushbu maktab Toshkent temir yo’llari barcha xo’jaliklari uchun talab etilgan ommaviy-ishchi kasblar mutaxassislarini tayyorlashni boshlagan. Darslar 4 ta sinfda ikki smenada olib borilgan.
     Davlat mudofaa qo’mitasi xalq komissarining 1945 yil 28 avgustdagi qaroriga asosan texnik maktabda paravoz mashinistlari uchun bir yillik tayyorlov kurslari tashkil etilgan. Birinchi oqimda 73 nafar mutaxassislar jamlanib 1943 yil oktyabrdan o’qishlar boshlangan.
   O’rta Osiyo temir yo’llariga birinchi teplovozlar kirib kelishi bilanoq temir yo’l vazirligining 1949 yil 1 iyul dagi 583 sonli buyrug’i bilan texnik maktab teplovoz mashinistlarini tayyorlashni boshladi.
1974 yilda 1947 yildan beri faoliyat yuritib kelgan 3 yillik paravoz mashinistlari maktabi texnik maktab tarkibiga qo’shilgan va aloqa, signallashtirish va yo’l xo’jaliklari uchun mutaxassislar tayyorlasada         “Toshkent lokomotiv mashinistlari texnik maktabi” deb nomlana boshlandi.
    Maktabning barcha rivojlanish davrlarida rahbarlik lavozmilarida temir yo’l transportida katta tajribaga ega bo’lgan oliy ma’lumotli mutaxassislar faoliyat olib borishgani taxsinga loyiq.

Markaz rahbari v.b.:
Xakimov Alimjan Xamdamovich 299-04-60

Markaz rahbari muovini:
To’ychiev Jamshid Xajiakbarovich 299-03-33

O’quv-uslubiy bo’lim boshlig’i:
Axmedova Lola Yuldashevna 299-05-75, 299-07-61.