Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

07:05:30 (GMT +5), chorshanba, 18 oktabr 2017

Statistik ma’lumot

"O’zbekiston temir yo’llari" aksionerlik jamiyatining 
 2017 yilning 1-yarim yilligida bajarilgan ish ko’rsatkichlar  to’g’risida
  statistik ma’lumot

Asosiy ko'rsatgichlar                                   O'lchov birligi                      Yillar Farqi, 
% да
6 oy 2016 y. 6 oy 2017 y.
1. Jo'natilgan yuk mln.tonna 33,01 33,11 100,3
2. Jo'natilgan yo'lovchilar mln.yolovchi 10,57 10,71 101,4
3. Tashilgan yo'lovchilar mln.yo'lovchi 10,74 10,89 101,4
    O'lchov birligi                      Yillar Farqi,
% да
    6 oy 2016 y. 6 oy 2017 y.
4. E'kspluatatsion temir yo'l uzunligi  km. 4237,5 4303,7 101,6
5.  shu jumladan elektrifikatsiya yo'li km. 827,7 1353,5 163,5

"O’zbekiston temir yo’llari" aksionerlik jamiyatining
2017 yilning 1-yarim yilligida bajarilgan ish ko’rsatkichlar  to’g’risida ma’lumot

     "O’zbekiston temir yo’llari" aksionerlik jamiyatida 2017 yilning 1-yarim yilligida yuk aylanmasi xajmi o’tgan yilning shu davriga nisbatan 100,0 foizga bajarildi va 11 589,0 mln.tonna-km.ni tashkil etdi. Jamiyatga qarashli stansiyalardan 2017 yilning 6 oyida 33,1 mln.tonna yuk ortildi va o’tgan yilning shu davriga nisbatan 100,3 foizga bajarildi.

    Yo’lovchi aylanmasi hajmi 2 113,2 mln.yo’lovchi-km.ni yoki o’tgan yilga nisbatan 111,2 foizni, jamiyat biznes rejasida ko’rsatilgan prognozga nisbatan esa 103,4 foizni tashkil etdi. O’tgan yilning shu davriga nisbatan 152 mingdan ziyod yo’lovchi o’z manzillariga olib borib qo’yildi va tashilgan yo’lovchilar soni 10,9 mln.yo’lovchini tashkil etdi.  Bu o’tgan yil xisobotiga nisbatan 101,4 foizni tashkil etadi.

      Xisobot davrida jamiyatning umumiy daromadlari 2 151,1 mlrd. so’mni tashkil etdi. Shu jumladan, yuklarni tashishdan 1 730 mlrd. so’m daromad olindi.

    2017 yilning 1-yarim yilligida jamiyatning umumiy ishchilar soni 74,4 ming kishini, shu jumladan asosiy faoliyatdagi ishchilarning o’rtacha soni 41,9 ming kishini tashkil etdi.

       O’shbu davrida 1 223 ta yangi ish o’rinlari tashkil qilindi, bularning 994 tasi investisiya dasturi bo’yicha, 229 tasi tarmoqni rivojlantirish dasturi bo’yichadir.

     O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 23 dekabrdagi PQ-2697 sonli  qarori bilan tasdiqlangan Investisiya Dasturiga muvofiq "O’zbekiston temir yo’llari" AJda  moliyalashning barcha manbaalari xisobidan 2017 yil prognozi 806,08 mln. dollar bo’lib, shundan jamiyatning o’z mablag’alari xisobidan 414,95 mln. dollar, davlat byudjeti xisobidan 75,66 mln. dollar, Tiklanish va  taraqqiyot jamg’armasi xisobidan 145,17 mln. dollar, chet el investisiyalari xisobidan 168,07 mln.dollar va to’g’ridan-to’g’ri chet el investisiyalar hisobidan 2,23 mln. dollar mablag’ o’zlashtirish ko’zda tutilgan.

       2017 yilning 1-yarim yilligida Investisiya Dasturi bo’yicha jami 435,45 mln.dollar miqdorida kapital mablag’lar o’zlashtirildi va davr prognozi 101,5 foizga bajarildi. Shundan jamiyatning  o’z mablag’lari xisobidan 235,73 mln.dollar, davlat byudjeti xisobidan 60,79 mln.dollar, O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi hisobidan 67,03 mln.dollar, chet el investisiyalari xisobidan 71,30 mln.dollar, to’g’ridan-to’g’ri chet el investisiyalar hisobidan 0,60 mln.dollar mablag’ o’zlashtirildi.






Yuklash uchun hujjatlar