Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

10:29:26 (GMT +5), seshanba, 28 fevral 2017

“O’zbekiston temir yo’llari” AJning investitsion siyosati

«O’zbekiston temir yo’llari» aksiyadorlik jamiyati bo’yicha Investisiya dasturining bajarilishi yuzasidan
 2017 yil  o’zlashtirish rejasi bo’yicha
MA’LUMOT

       O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 23 dekabrdagi «O’zbekiston Respublikasining 2017 yil  Investisiya dasturi to’g’risida»gi PQ-2697-sonli qaroriga muvofiq «O’zbekiston temir yo’llari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan 51 ta  loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. 
        Investisiya dasturiga kiritilgan loyihalar bo’yicha tarmoq jadvallari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan.
       2017 yil rejasiga asosan jamiyat bo’yicha o’zlashtirish - 815.76 mln. AQSh dollari va jalb qilish - 700.77mln. AQSh dollari miqdorida  belgilangan, bundan:
       - davlat byudjeti hisobidan 85.34  mln. AQSh dollar hamda ushbu mablag’lar «Buxoro-Misken temir yo’l liniyasini qurish»,  «Toshkent metropoliteni YUnusobod liniyasining ikkinchi bosqichi qurilishi» va «Toshkent metropoliteni Sergeli liniyasining qurilishi» loyihalariga yo’naltiriladi.
      -Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi mablag’lari hisobidan o’zlashtirish - 145.17  mln. AQSh dollar va jalb qilish - 114.80 mln. AQSh dollar;
     - davlat kafolatidagi chet el sarmoyalari hisobidan o’zlashtirish - 168.07 mln. AQSh dollari va jalb qilish - 97.01 mln. AQSh dollar miqdorida belgilangan;
     - To’g’ridan-to’g’ri chet el sarmoyalari hisobidan 2.23 mln. AQSh dollari miqdorida mablag’ o’zlashtirilishi hamda jalb qilinishi belgilangan.
     - jamiyat mablag’lari hisobidan  o’zlashtirish –414.95  mln. AQSh dollar va jalb qilish - 401.39 mln. AQSh dollar;
      Ushbu mablag’lar quyidagi loyihalarga yo’naltiriladi:

    «Buxoro-Misken temir yo’l liniyasini qurish», «Qarshi-Termiz temir yo’l liniyasini elektrlashtirish», «Elektrlashtirilgan Angren-Pop temir yulining qurilishi hamda Pop-Qo’qon-Andijon temir yo’l uchastkasini elektrlashtirish», «Pop-Namangan-Andijon temir yo’l uchastkasini elektrlashtirish», «Sirdar yo viloyatida yangi ekskavatorlar va gusenisali texnikalarni ta’mirlash zavodi qurilishi» hamda Toshkent mexanika zavodida maxsulot va extiyot qismlar ishlab chikarishni tashkil kilish».
      Harakat tarkibini yangilash loyihalari bo’yicha 2017 yilda, 27 ta lokomotiv seksiyalari, 1483 ta yuk vagonlari qayta tiklanishi va modernizasiya qilinishi, 800 ta yuk vagonlari va 15 ta yo’lovchi vagonlari qurilishi, 2 ta yuqori tezlikdagi xarakatlanuvchi yo’lovchi elektropoezdlarini xarid qilish,  undan tashqari 180,0 km temir yo’llar reabilitasiya qilinishi belgilangan.

     «O’zbekiston temir yo’llari» aksiyadorlik jamiyati bo’yicha Investisiya dasturining bajarilishi yuzasidan 
 2016 yil yakunlariga ko’ra  o’zlashtirish bo’yicha
MA’LUMOT
(01.01.2017 yil holatiga)

      O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 25 dekabrdagi «O’zbekiston Respublikasining 2016 yil  Investisiya dasturi to’g’risida»gi PQ-2458-sonli qaroriga hamda Vazirliklararo muvofiqlashtiruvchi kengashning 22.12.2016 yil 219-sonli bayonnomasiga muvofiq «O’zbekiston temir yo’llari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan 31 ta  loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan.

      Investisiya dasturiga kiritilgan loyihalar bo’yicha tarmoq jadvallari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan.

      2016 yil yakunlariga ko’ra jamiyat bo’yicha rejalashtirilgan 802,69 mln. doll. o’rniga, amalda 831,18 mln. doll. o’zlashtirildi (rejaga nisbatan 103 foiz), bundan:

       - davlat byudjeti hisobidan belgilangan– 109,88 mln. AQSh dollari  (rejaga nisbatan 100 foiz);

      - Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi mablag’lari hisobidan rejalashtirilgan 52.35  mln. AQSh dollar o’rniga, amalda 79,90 mln. AQSh dollar (rejaga nisbatan 145 foiz);

    - davlat kafolatidagi chet el sarmoyalari hisobidan rejalashtirilgan 212.09  mln. AQSh dollar o’rniga, amalda 212,12 mln. AQSh dollari miqdoridagi mablag’ o’zlashtirildi(rejaga nisbatan 100 foiz).

    - Boshqa moliyalashtirish manbalari (ATB “Uzsanoatqurilishbanki”) hisobidan 50,00 mln. AQSh dollari miqdorida mablag’ o’zlashtirildi  hamda 37,32 mln. AQSh dollari miqdorida jalb qilindi (rejaga nisbatan 100 foiz).

    - jamiyat mablag’lari hisobidan –378,37 mln. AQSh dollari o’rniga, amalda 379,28 mln. AQSh dollar o’zlashtirildi (rejaga nisbatan 100 foiz) hamda ushbu mablag’lar quyidagi loyihalarga yo’naltirilgan:

     «Elektrlashtirilgan Angren-Pop temir yulining qurilishi»; «Navoi-Kanimex-Misken temir yo’l liniyasini qurish», «Qarshi-Termiz temir yo’l liniyasini elektrlashtirish» va «Marokand-Qarshi temir yo’l liniyalarini elektrlashtirishni yakunlash, «Samarkand-Buxoro» temir yo’l uchastkasini elektrlashtirish hamda yuqori tezlikda harakatlanuvchi poezdlar harakatini tashkil etish» hamda Toshkent mexanika zavodida maxsulot va extiyot qismlar ishlab chiqarishni tashkil kilish».

   Bundan tashqari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining   №PP-2653 sonli qaroriga muvofiq amalga oshirilishi rejalashtirilgan «Toshkent metropoliteni Yunusobod liniyasining ikkinchi bosqichi qurilishi» loyihasi bo’yicha   Vazirliklararo muvofiqlashtiruvchi kengashning 22.12.2016 yil 219-sonli bayonnomasiga muvofiq byudjet mablag’lari hisobidan 5,20 mln. AQSh dollar miqdorida mablag’ jalb qilinishi  belgilangan.

       2016 yil yakunlariga ko’ra 5,20 mln. AQSh dollari miqdorida mablag’ jalb qilindi.

   2016 yilda qurilishga tayyorgarlik ishlari (vaqtinchalik bino va inshootlar jumladan ishlab chiqarish-texnologik va omborxonalar joylashtirilgan),qurilish ishlari bilan birgalikda loyixalashtirish  ishlari amalga oshirilgan.

     Harakat tarkibini yangilash loyihalari bo’yicha 2016 yil yakunlariga ko’ra, 27 ta lokomotiv seksiyalari, 1440 ta yuk vagonlari qayta tiklandi va modernizasiya qilindi, 700 ta yuk vagonlari va 15 ta yo’lovchi vagonlari qurildi, undan tashqari 130,0 km temir yo’llar reabilitasiya qilindi.

    1 yarimyillik  yakunlariga ko’ra 11 ta seksiya yuk elektrovozlarini xarid qilingan va foydalanishga topshirilgan

     O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 18 noyabrdagi №PQ-2069 sonli qarori asosan, 2014 yilda ko’zda tutilgan 14 ta investitsiya loyihalari bo’yicha mo’ljallangan 636,42 mln dollardan 669,95 mln dollar o’zlashtirildi yoki yil mo’ljalining 105 %, buning ichida:

  • Davlat budjeti hisobiga – mo’ljallangan 64,87 mln dollardan 67,91 mln dollar o’zlashtirildi yoki yil mo’ljalining 105 % “Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yo’l liniyasini qurish” loyihasi bo’yicha:
  • O’zbekiston Respublikasi qayta qurish va rivojlantirish Fondi hisobiga 149,84 mln dollar o’zlashtirildi yoki yil mo’ljalining 100 % va “Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yo’l liniyasini qurish” loyihasi bo’yicha 36,31 mln dollar yoki yil mo’ljalining 100 % jalb qilingan.
  • O’zbekiston Respublikasi hukumati kafilligi ostida Chet el investitsiyalari hisobiga mo’ljallangan 100,69 mln dollardan 1122,58 mln dollar o’zlashtirildi yoki yil mo’ljalining 112 % va Maroqand-Qarshi, Qarshi-Termiz temir yo’l uchastkalarini elektrlashtirish va Angren-Pop uchastkasida temir yo’l tunneli qurish loyihalari bo’yicha mo’ljallangan 180,32 mln dollardan 185,11 mln dollar yoki yil mo’ljalining 105 % jalb qilingan.
  • O’z mablag’lari hisobiga - mo’ljallangan 319,49 mln dollardan 338,09 mln dollar o’zlashtirildi yoki yil mo’ljalining 106 %, Maroqand -Qarshi, Qarshi-Termiz temir yo’l uchastkalarini elektrlashtirish, Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yo’l liniyasini qurish, “Jizzax-Yangiyer ikki yo’lli elektrlashtirilgan liniyani qurish” tituli bo’yicha Yangiyer stantsiyasida infratuzilma ob’ektlarini qurilishhini yakunlash, “Toshkent-samarqand temir yo’l uchastkasida yo’lovchi poezdlarning yuqori tezlikdagi harakatni tashkillashtirish” loyihasi doirasida joriy uchastkalrni modernizatsiyalash va qayta qurish, hamda 54 ta lokomotivlarni, 1488 ta yuk vagonlarini modernizasiya qilish, 600 ta yuk, 20 ta yo’lovchi vagonlar ni qurish va 216 km temir yo’lni qayta sozlash loyihalari bo’yicha

     O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 17 noyabrdagi №PQ-2264 sonli “O’zbekiston Respublikasining 2015 yil uchun investitsiya dasturi haqida”gi qaroriga asosan, “O’zbekiston temir yo’llari” AJda 13 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirish ko’zda tutilgan. Jamiyat bo’yicha umumiy mo;ljallangann o’zlashtirish ko’rsatkichi 607,35 mln dollarni tashkil etadi, buning ichida:

  • Davlat budjeti hisobiga – “Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yo’l liniyasini qurish” loyihasi bo’yicha 62,61 mln dollar miqdorida o’zlashtirish ko’zda tutilgan;
  • O’zbekiston Respublikasi qayta qurish va rivojlantirish Fondi hisobiga“Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yo’l liniyasini qurish” loyihasi bo’yicha 22,4 mln dollar miqdorida o’zlashtirish va 20,3 mln dollar jalb qilinishi ko’zda tutilgan.
  • O’zbekiston Respublikasi hukumati kafilligi ostida Chet el investitsiyalari hisobiga Maroqand-Qarshi, Qarshi-Termiz temir yo’l uchastkalarini elektrlashtirish va Angren-Pop uchastkasida temir yo’l tunneli qurish loyihalari bo’yicha 163,78 mln dollar miqdorida o’zlashtirish va 218,15 mln dollar jalb qilinishi ko’zda tutilgan.
      O’z mablag’lari hisobiga -358,56 mln dollar. Bunda 2015 yilda o’z mablag’lari hisobiga Maroqand -Qarshi, Qarshi-Termiz temir yo’l uchastkalarini elektrlashtirish, Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yo’l liniyasini qurishni davom ettirish ko’zda tutilgan, shuningdek 55 ta lokomotiv va 1258 ta yuk vagonlarini modernizatsiyalash, 650 ta yuk va 12 ta yo’lovchi vagonlarni qurish, hamda 240 km temir yo’lini qayta sozlash ko’zda tutilgan.