Attraksiondagi baxtsiz hodisa

  • 14.05.2018
  • 1175

2018 yil 12 may kuni «Anhor-Lokomotiv» dam olish va ko'ngilochar bog'i attraksionlarning birida baxtsiz voqea yuz berdi. Attraksion to'xtagan chog'ida 11 yoshli bola (2007 yilda tug'ilgan, Mirzo Ulug'bek tumanidagi maktab o'quvchisi) noxush holda ekanligi aniklandi.

Voqea kechki soat 21:30da ro'y berdi. Ushbu holat yuz berganida darhol Tez tibbiy yordam xizmatiga xabar berildi. Soat 21:36:35, ya'ni nohush voqea yuz berganida, bir yarim minut ichida bog'ning Tibbiyot xizmati feldsheri bolaga birinchi tez tibbiy yordam ko'rsatadi va bola bog'ning Tibbiy xizmati punktiga yotqiziladi. Soat 22:00da feldsher va bola yaqinlari kuzatuvi ostida 1-shahar kasalxonasiga olib borildi. U yerda o'lim holati qayd etildi.

«Anhor-Lokomotiv» dam olish va ko'ngilochar bog'ining ma'muriyati vafot etgan bolaning ota-onasi va yaqinlariga to'ldirib bo'lmaydigan og'ir yo'qotishga chuqur hamdardligini bildiradi. 

Ushbu noxush holat sababli bog'ning hududida 13-15 may kunlari barcha ko'ngilochar tadbir-dasturlar bekor qilindi.

«Anhor-Lokomotiv» dam olish va 
ko'ngilochar bog'i ma'muriyati

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI