Toshkent - Moskva - Toshkent yo'nalishida yangi reys

  • 15.12.2018
  • 7964

2018 yil14 dekabr kuni 350/349-sonli Toshkent - Moskva - Toshkent yo'nalishida yangi poezd qatnovi boshlandi. 


Shuni alohida ta'kidlash kerаkki, bugungi kungacha mamlakatimizdan moskvaga faqat ikkita, 005/006-sonli Toshkent - Moskva - Toshkent hamda 149/150-sonli Andijon - Moskva - Andijon yo'nalishida poezdlar harakati amalga oshirilib, yo'lovchilarga xizmat ko'rsatilayotgan edi. E'tiborlisi, Toshkent markaziy vokzalidan  yo'lga chiqqan ushbu poezd Samargand, Navoiy, Buxoro, Nukus shaharlaridan o'tib yurtimizning shimoliy darvozasi bo'lgan Qoraqalpog'iston stantsiyasi orqali harakatlanadi. Bu esa ushbu xududlarda istiqomat qilayotgan yurtdoshlarimizga, qolaversa yurtimizning tarixiy shaharlariga kelishni istagan sayyohlar uchun ham juda katta qulaylik yaratadi.

Belgilangan jadvalga ko'ra yangi Toshkent-Moskva yo'nalishi bo'yicha qatnov haftada bir marta ya'ni har juma kuni amalga oshiriladi. 

IZOH: Qo'shimcha ma'lumotlarni joylardagi temir yo'l kassalari hamda temir yo'l ma'lumotxonalaridan bilib olishingiz mumkin.

Axborot xizmati

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI