Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

19:34:33 (GMT +5), shanba, 25 Мая 2019

“Afrosiyob”: Harakat jadvalida o'zgarish

2019 yil 2 fevraldan boshlab, Toshkent-Buxoro-Toshkent yo'nalishida yo'lovchilarning uzog'ini yaqin qilayotgan №762/761 “Afrosiyob”yuqori tezlikda harakatlanuvchi zamonaviy poezdlari Jizzax vokzalida 2 daqiqa to'xtashi yo'lga qo'yildi.

 

Mazkur zamonaviy poyezdlar harakat jadvaliga o’zgartirish kiritishdan ko’zlangan asosiy maqsad, mamlakatimizda turizmni yanada rivojlantirish, yurtimizga tashrif buyurayotgan sayyohlar hamda investorlarga keng qulayliklar yaratish, qolaversa barcha yo'lovchilarga sifatli transport hizmatlarini ko’rsatish, bundan tashqari ko’p sonli yo’lovchilarning talab va istaklarini amalga oshirishdir.

Eslatib o’tamiz, 2.02.2019 yildan boshlab, Toshkent-Buxoro yo’nalishida harakatlanuvchi №762 “Afrosiyob” zamonaviy poezdi Toshkent vokzalidan soat 7:28da harakatini boshlaydi va Jizzax vokzaliga 08:54 da kirib boradi va soat 08:56 da harakatni davom ettiradi. Samarqand vokzaliga soat 09:42 da kirib keladi va 09:50 da harakatlanadi. Navoiy vokzaliga 10:40 da kirib boradi va 2 daqiqadan so’ng harakatni davom ettirib, soat 11:19 da Buxoro vokzaliga kirib boradi.

Shuningdek, 2.02.2019 dan boshlab Buxoro-Toshkent yo’nalishida harakatlanuvchi №761 “Afrosiyob” zamonaviy poyezdi Buxoro vokzalidan soat 15:50 a harakatini boshlaydi. Soat 16:27 da Navoiy vokzaliga kirib keladi va soat 16:29 a harakatini davom ettiradi. Samarqand vokzaliga 17:20 da kirib keladi hamda soat 17:28 da harakatini boshlaydi. Jizzax vokzaliga soat 18:14 da kirib keladi hamda ushbu vokzaldan 18:16 da harakatini boshlaydigan mazkur poyezd soat 19:44 da Toshkent Markaziy vokzaliga kirib keladi.

“O’zbekiston temir yo’llari” AJ tomonidan yaratilayotgan bunday qulayliklardan, zamonaviy, xavfsiz transportlardan foydalanib, yurtimiz bo’ylab sayohat qiling, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatingizni yanada rivojlantiring.

Axborot xizmati

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko’rinish