Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

09:39:30 (GMT +5), juma, 26 aprel 2024

“Yoshlar ittifoqi kubogi-2020”

Yoshlarimizning eng sevimli sport turlaridan biri bu futbol hisoblanadi. Nafaqat futbol o‘ynashni, balki tomosha qilishni ham juda yoqtirishadi. Ayniqsa o‘yinni ko‘rish jarayonida shunaqa taktikalarni tuzib tashlaydiki, xayron qolasan kishi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning shunday umidli yoshlari o‘rtasida an'anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekiston Respublikasi  Bosh vaziri o‘rinbosari A.Abduxakimovning 2020 yil 9 oktabrdagi 31/1-198-sonli xati ijrosi yuzasidan tasdiqlangan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tizimida ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom ovqatlanish turmush tarzini targ‘ib qilish chora-tadbirlari dasturi hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tizimida 2020 yil yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish va yoshlarni sportga jalb qilish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish, yoshlarning bo‘sh vaqtidan unumli foydalanish maqsadida “O‘zbekiston temir yo'llari” AJ boshqaruv raisining ““Yoshlar ittifoqi kubogi-2020” futbol musoboqasini o‘tkazish to‘g‘risida”gi №629-N-sonli  buyrug‘iga asosan yosh temiryo‘lchilar o‘rtasida futbol musobaqasi tashkil etildi.  

Sportning futbol turi bo‘yicha ikki oy davom etgan musobaqaga, temir yo‘llar sohasida faoliyat olib borayotgan barcha boshqarma, korxona va tashkilotlardagi havaskor temiryo‘lchi yoshlar jalb qilinib, 24 ta jamoa g‘oliblik uchun kurash olib bordi. Futbol musobaqasining yarim final va final o‘yinlari joriy yilning 30 oktyabr kuni “Lokomotiv” MJSK da bo‘lib o‘tdi. Unda “Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli” UK – “Qo‘ng‘irot mintaqaviy temir yo‘l uzeli” UK hamda Harbiylashtirilgan qo‘riqlash boshqarmasi  - “Qo‘qon mintaqaviy temir yo‘l uzeli” UK jamoalari ishtirok etishdi. Temiryo‘lchi yoshlar o‘zlarining nimalarga qodir ekanliklarini namoyish etib, final o‘yinlarida “Qo‘ng‘irot mintaqaviy temir yo‘l uzeli” UK jamoasi temiryo‘lchilarning eng kuchli futbol jamoasi sifatida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, “Yoshlar ittifoqi kubogi-2020” g‘olibi bo‘ldi.


Musobaqaning yopilish marosimida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari v.b. U.Tursunqulov, O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi o‘rinbosari M.Rozimetov, “Lokomotiv” MJSK direktori M.Saidxodjaevalarning tashrifi musobaqa ishtirokchilarini yanada ruhlantirib yubordi.

Musobaqa so‘ngida g‘oliblar “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbariyatining faxriy yorliq hamda qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Axborot-tahliliy media markazi


“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish