Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

16:36:27 (GMT +5), juma, 26 aprel 2024

Maxsus poyezdlarga xalqaro to‘lov tizimlari orqali chiptalar elektron tarzda sotilmoqda


“Visa”, “Master Card”, “American Express”, “Discover”, “Diners Club”, “JCB”, “Apple Pay”, “Union Pay”, “Google Pay” tizimlari orqali chiptalar sotilmoqda.

Pandemiya davrida Rossiya davlatida qolib ketgan yurtdoshlarimizni mamlakatimizga olib kelish maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan maxsus poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan joriy yil noyabr oyining 4,6,8,11,13,15 sanalarida Voljskiy – Toshkent yo‘nalishida yo‘lovchi poyezdlar qatnovi amalga oshiriladi. Ushbu poyezdlar yuqorida ko‘rsatilgan sanalarda Voljskiydan soat 20:57 da jo‘naydi. 

Mazkur poyezdlarga faqat bir tomonga, ya'ni Voljskiy – Toshkent yo‘nalishiga chiptalar sotiladi. Yo‘lovchilarga chipta xarid qilishda qulaylik yaratish maqsadida chiptalarni elektron tarzda sotish yo‘lga qo‘yildi. Voljskiydagi fuqarolarimizning yaqinlari O‘zbekistonda turib ham, ularning shaxsini tasliqlovchi hujjati nusxasi bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining rasmiy sayti https://e-ticket.railway.uz/ dan chiptalarni elektron tarzda “Visa”, “Master Card”, “American Express”, “Discover”, “Diners Club”, “JCB”, “Apple Pay”, “Union Pay”, “Google Pay”  tizimlari orqali xarid qilib ushbu chiptaning elektron ko‘rinishini Rossiya Federatsiyasidagi yaqinlariga  jo‘natishlari ham mumkin. 

IZOH: Xalqaro to‘lov tizimi orqali sotib olingan chiptalar qaytarib olinmaydi!  Qo‘shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin. (www.railway.uz)

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ


“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish