Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

23:00:24 (GMT +5), juma, 26 aprel 2024

O‘zbekiston – Qozog‘iston: Istiqbolli hamkorlik bo‘yicha qator masalalar muhokama qilindi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisining o‘rinbosari v.b. A.Kamalov ““Qazaqstan temir joli” milliy kompaniyasi” AJ boshqaruv raisining logistika masalalari bo‘yicha o‘rinbosari P.Sokolov bilan uchrashdi.

Tomonlar o‘rtasida logistika markazlarini rivojlantirish, konteyner tashishlarni ko‘paytirish va buning uchun qulay sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi. Xususan, ikki mamlakat o‘rtasida yuk tashish tariflarini ko‘rib chiqish masalasiga alohida e'tibor qaratildi.

– O‘zbekiston va Qozog‘iston temir yo‘llari rahbariyatining transport sohasidagi ikki tomonlama muammolarni zudlik bilan hal etilayotgani, albatta, o‘zaro ishonchli hamkorlikni rivojlantirishga yordam beradi. – deydi P.Sokolov, ““Qazaqstan temir joli” milliy kompaniyasi” AJ boshqaruv raisining logistika masalalari bo‘yicha o‘rinbosari. – Pandemiyaning og‘ir davri va u bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator cheklovlarga qaramay, ikki mamlakat o‘rtasida temir yo‘l sohasida o‘zaro yuk, tranzit va konteyner tashishni ko‘paytirish bo‘yicha yaxshi natijalarga erishildi.

Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi temir yo‘l transporti sohasida hamkorlik muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.

Axborot-tahliliy media markazi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish