Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

Tarif kalkulyatori

22:59:52 (GMT +5), yakshanba, 28 aprel 2024

Toshkent metrosida yangi navigatsiya belgilari o‘rnatilmoqda

Ma'lumki, so‘nggi yillarda poytaxt metrosining yo‘nalishlari o‘zgarib, avvalgi metro chizmasi sezilarli darajada o‘zgarib borayotganini ko‘rishimiz mumkin. Bu esa metro yo‘nalishlari kundan-kunga kengayishiga va yangi stantsiyalar, yangi manzillar paydo bo‘lishiga zamin yaratmoqda.

"Toshkent metropoliteni" unitar korxonasining mutaxassislari tomonidan metroda adashmaslik hamda yo‘lovchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida, metrodagi yo‘nalish chizmalarini, turli ko‘rsatgichlarni va boshqa navigatsiya ko‘rinishlarini bosqichma-bosqich yangilash ishlari olib borilmoqda. 

Jumladan, "Yunusobod" metro liniyasining yangi stansiyalarida yo‘l ko‘rsatkichlari yangilandi, "O‘zbekiston" metro liniyasida "Do‘stlik" yer osti bekatidan "Do‘stlik-2" yer usti bekatiga o‘tish ko‘rsatkichi o‘rnatildi. Bundan tashqari, "Sergeli" metro liniyasidagi yangi bekatlargacha bo‘lgan ko‘rsatgichli belgilar "Chilonzor" metro liniyasining yo‘nalishidagi barcha stansiyalarida ham bosqichma-bosqich yangilab boriladi. Hozirgi vaqtda "Olmazor" va "Bodomzor" stansiyalarida hamda qisman "Yunusobod metro liniyasida yangi navigatsiya belgilari o‘rnatilgan. Keyingi uch oy mobaynida, bugungi kunda xizmat ko‘rsatayotgan metropoliten liniyalariga mingdan ortiq navigatsiya elementlari o‘rnatiladi. 

   

Shuni ta'kidlash kerakki, navigatsiya belgilari va shunga o‘xshah qator ko‘rsatkichlarning to‘g‘ri joylashishi va ulardan foydalanish uchun qulay bo‘lishi maxsus tashkil etilgan guruh mutaxassislari tomonidan nazorat qilib boriladi. Buning uchun ular muntazam ravishda barcha metro bekatlariga tashrif buyurib nazorat qilishadi. 

Yangi metro stansiyalarining nomlanish masalasiga yana bir bor to‘xtalib o‘tsak. Eslatib o‘tamiz, yangi qurilgan stansiyalarga nom berish jarayonida "Toshkent metropoliteni" UK umuman ishtirok etmayapti. Biroq, aynan ushbu mavzu bo‘yicha ko‘plab murojaatlar (aksatiyati tanqidiy va salbiy fikrlar) kelib tushmoqda. Ma'lumot uchun, ushbu masala Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha Toshkent shahar komissiyasi vakolatiga kiradi. Bundan tashqari, loyihada ko‘zda tutilgan istiqbolli qurilish to‘liq amalga oshirilmagan. Rejalashtirilgan metro stantsiyalardan bugungi kunga qadar yettita qurilgan stantsiyalar foydalanishga topshirildi.

"Toshkent metropoliteni" UK


“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish