Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

22:39:29 (GMT +5), chorshanba, 23 avgust 2017

Yurtimiz ahliga munosib tuhfa: «Qarshi–Toshguzar–Dehqonobod» temir yo'l uchastkalarida qariyb 90 kilometrlik masofada elektrlashtirish ishlari to'liq yakunlandi

      2016 yil mamlakatimiz aholisi uchun, xususan temiryo'lchilar uchun ham juda samarali yil bo'ldi. O'tgan yili olamshumul voqealardan biriga aylangan, dengiz sathidan 1200 metr balandlikda joylashgan tog'ni teshib, 19,2 kmlik tunnelni o'z ichiga olgan uzunligi 123,2 km bo'lgan Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yo'li qurilishi nihoyasiga yetkazildi.
   Yangi temir yo'l magistrali orqali dastlab yuk poezdlari, so'ngra yo'lovchi poezdlarining muntazam qatnovi yo'lga qo'yildi. Ayni paytda ushbu yo'nalish orqali Toshkent–Andijon–Toshkent yo'nalishida kuniga to'rtta, Andijon–Buxoro–Andijon yo'nalishida haftasiga ikki marotaba, Andijon–Urganch–Andijon yo'nalishida haftasiga bir marotaba yo'lovchi poezdlariqatnovi amalga oshirilmoqda. Yaqindan boshlab, aniqrog'i o'tgan yilning 16 dekabr kunidan esa vodiy ahli Andijondan Moskvaga poezdda borish imkoniyatiga ega bo'lishdi.

     Albatta, shiddat bilan rivojlanayotgan bugungi davr xizmat ko'rsatish sifatini ham zamonga mos ravishda takomillashtirishni talab qilmoqda. Shundan kelib chiqib, soha xodimlari endilikda temir yo'llarni to'liq elektrlashtirish va aksariyat hududlarda elektropoezdlar harakatini tashkil qilish, yuk va yo'lovchi tashishda samaradorlikka erishishga harakat qilishmoqda. Shu kungacha ular tomonidan 1700 kilometrdan ziyod temir yo'llar elektrlashtirilgan bo'lsa, shundan 500 kilometri 2016 yilda amalga oshirildi. Umumiy uzunligi 325 kilometrni tashkil etuvchi ushbu yo'nalishda elektr-montaj ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilayapti. Bu jarayonga 2016 yilning sentyabr` oyida kirishilgan bo'lib, temiryo'lchilarimiz tomonidan Qarshidan Dehqonobodgacha bo'lgan 90 kilometrga yaqin masofa to'liq elektrlashtirildi.

        O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2010 yil 21 dekabrdagi “2011–2015 yillarda infratuzilmani, transport va kommunikatsiya qurilishini rivojlantirishni jadallashtirish to'g'risida”gi qarori ijrosi yuzasidan Maroqand-Qarshi temir yo'li to'liq elektrlashtirilgan bo'lsa, hozirgi kunda "Qarshi–Termiz" uchastkasida loyiha doirasida ish qizg'in davom etmoqda. Umumiy uzunligi 325 kilometrni tashkil etuvchi ushbu yo'nalishda elektr-montaj ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilayapti. Bu jarayonga 2016 yilning sentyabr` oyida kirishilgan bo'lib, temiryo'lchilarimiz tomonidan Qarshidan Dehqonobodgacha bo'lgan 90 kilometrga yaqin masofa to'liq elektrlashtirildi. 

      2016 yilning so'nggi to'rt oy davomida O'zbekiston temir yo'llari” AJga qarashli «1–sonli energomontaj poezdi» unitar korxonasi xodimlari tomonidan 2000 ta temir-beton ustunlar, 1800 ta konsol, 167 ta metall ko'ndalang kesmalar, 224 kilometrlik kontakt tarmoqlari qurib bitkazildi.
        Yangi yil bayrami arafasida Dehqonobod vokzalida “O'zbekiston temir yo'llari” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan Qarshi–Toshguzar–Dehqonobod temir yo'l uchastkalarida elektrlashtirish ishlari yakunlanishiga bag'ishlangan tantanali marosim tashkil etildi. Unda temiryo'lchilar, quruvchilarva jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbirda ta'kidlanganidek, mazkur temir yo'l liniyasida amalga oshirilgan sa'y-harakatlar nafaqat hudud, balki yurtimiz taraqqiyotiga xizmat qilishi bilan yanada ahamiyatlidir.

Axborot xizmati

  • nashr uchun ko’rinish