Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

10:09:35 (GMT +5), dushanba, 18 dekabr 2017

Bayramga munosib tuxfa

     Navro'z umumxalq bayrami arafasida “O'zbekiston temir yo'llari” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan xalqimizga munosib sovg'a hozirlandi. Joriy yil 6 mart kuni yurtimizga olib kelingan yangi “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi zamonaviy elektropoezdi bugundan boshlab Toshkent-Buxoro-Toshkent yo'nalishida ilk bor tijorat qatnovini boshladi.
       Shuni alohida ta'kidlash joizki, 2011 yildan boshlab hozirgacha yurtimizda 2 ta yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoezdi yo'lovchilarga xizmat qilib kelayotgan edi. Yangi “Afrosiyob” elektropoezdi oldingilariga qaraganda ko'proq imkoniyatga ega. Xususan, shu vaqtga qadar xarakatlanayotgan yuqori tezlikdagi elektropoezdlar 215 nafar yo'lovchiga mo'ljallangan bo'lsa, yangi poezdda bemalol 287 nafar yo'lovchiga xizmat ko'rsatiladi. Unda ekonom toifali vagonlar soni 2 taga ko'p. Bu bir vaqtning o'zida yana qo'shimcha 72 nafar yo'lovchini o'z manziliga yetkazish imkoni demakdir.

       Raqamlarga murojat qiladigan bo'lsak, Markaziy Osiyoda birinchi bo'lib mamlakatimizda yo'lga qo'yilgan “Afrosiyob–1” va “Afrosiyob–2” yuqori tezlikda xarakatlanuvchi elektropoezdlarining har biri bugungi kungacha 1 million kilometrdan oshiq masofani bosib o'tdi. Bu vaqt oralig'ida 5 yarim mingga yaqin tijorat qatnovi amalga oshirilib, 1 mln 50 ming nafarga yaqin yo'lovchi o'z manziliga yetkazildi.
      Yaqin kunlarda mamlakatimizga yana bitta ana shunday zamonaviy elektropoezd olib kelinadi. Bu bilan yurtimizda yuqori tezlikda harakatlanuvchi poezdlar soni 4 taga yetadi. Bunday zamonaviy elektropoezdlar uchun “O'ztemiryo'lmashta'mir” sho''ba korxonasi hududida xizmat ko'rsatish sexi qurilmoqda.

         Bugun erta tongda Toshkent markaziy vokzalida O'zbekiston temir yo'lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan ushbu zamonaviy “Afrosiyob” elektro poezdida faollik ko'rsatib kelayotgan bir guruh xodimlarga, jumladan, mashinist va styuard hamda styuarddessalarga Navro'z umumxalq bayrami munosabati bilan qimmatbaho sovg'alar topshirildi.

Axborot xizmati

  • nashr uchun ko’rinish