Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

21:54:08 (GMT +5), payshanba, 14 dekabr 2017

“Afrosiyob” elektropoezdlarining harakat jadvaliga o'zgartirish kiritildi

       

     Joriy yilning 10 aprel kunidan boshlab, Toshkent – Samarqand – Toshkent yo‘nalishida alohida yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoezdning muntazam qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Shu munosabat bilan “Afrosiyob” elektropoezdlarining harakatlanish vaqti quyidagicha etib belgilandi:

       • Toshkent – Qarshi – Toshkent yo‘nalishida harakatlanadigan №760/759-sonli “Afrosiyob” elektropoezdi har kuni ertalabki soat 7:00 da Toshkent markaziy vokzalidan jo‘nab, soat 16:48 da Qarshi vokzalidan ortga qaytadi. 
        • Toshkent – Buxoro – Toshkent yo‘nalishida harakatlanadigan №762/761-sonli elektro poezd har kuni ertalabki soat 7:30 da poytaxtdan jo‘nab, shu kuni soat 15:51 da Buxoro vokzalidan ortga qaytadi. 
      • Toshkent – Samarqand – Toshkent yo‘nalishida yo‘lga qo‘yilgan №764/763- sonli yuqori tezlikdagi elektropoezd har kuni ertalabki soat 8:00 da Toshkent markaziy vokzalidan jo‘nab, soat 17:00 da Samarqand vokzalidanToshkentga qaytadi. 
Shuningdek, mazkur sanadan boshlab, Toshkent – Buxoro yo‘nalishidagi “Sharq”, Toshkent – Qarshi yo‘nalishidagi “Registon” hamda №380/379- sonli Toshkent – Termiz yo‘nalishidagi yo‘lovchi poezdlar harakatlanish vaqtiga ham o‘zgarishlar kiritildi. Bu borada belgilangan o‘zgarishlarni  www.railway.uz, www.uzrailpass.uz saytlaridan, yoki 1005 qisqa telefon raqami orqali bilib olishingiz mumkin.

         ESLATMA: Toshkent – Buxoro – Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan “Afrosiyob” elektropoezdiga 10 aprel kunidan keyingi qatnov kunlariga chipta xarid qilgan yo‘lovchilar harakat jadvaliga kiritilgan o‘zgarishlarni inobatga olishlari so‘raladi. Ya’ni, shu kundan boshlab poezd Buxoroga soat 8:00 da emas, balki 7:30 da harakatlana boshladi. Xarid qilingan chiptalarni – chiptaxonadan almashtirmasdan turib yangi ko‘rsatilgan vaqtda foydalanishinlari mumkin.

Axborot xizmati

  • nashr uchun ko’rinish