Yo‘lovchilar diqqatiga!

  • 05.11.2017
  • 1097

        Poezdlar harakat jadvaliga o'zgarish kiritilganligi bois, 2017 yil 6 noyabr kuni Toshkent-Buxoro, Toshkent-Qarshi yo'nalishlarida yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" elektropoezdlari hamda Toshkent-Samarqand-Qarshi-Buxoro yo'nalishlarida harakatlanuvchi "Sharq" tezyurar poezdlarining jo'nash vaqti faqat bir kunga o'zgartirildi. 

    Unga ko'ra Toshkent-Buxoro yo'nalishidagi 762-sonli yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" elektropoezdi 06. XI. 2017 yil soat 07:50 da, Toshkent-Qarshi yo'nalishidagi 760-sonli yuqori tezlikda harakatlanuvchi Afrosiyob elektropoezdi 06. XI. 2017 yil soat 09:00 da, shuningdek, Toshkent-Samarqand-Qarshi-Buxoro yo'nalishlarida harakatlanuvchi 10-sonli "Sharq" tezyurar poezdi 06. XI. 2017 yil soat 09:03 da jo'natiladi.

"O'ztemiry'olyo'lovchi" AJ