Boshqaruv raisining tabrigi

  • 06.12.2017
  • 245

Hurmatli hamkasblar!

        Sizlarni va Sizlar orkali barcha temiryulchilarni O'zbekiston Respublikasi Asosiy Qonuni - O'zbekiston Konstitutsiyasining 25 yilligi bayrami bilan sidqidildan muborakbod etaman!

        Mustaqil hamda iqtisodiy rivojlangan davlat, demokratik kuchli jamiyat qurish yo'lida olib borilayotgan samarali islohotlar, mamlakatimizni xalqaro kommunikatsiyalar tarmog'iga integratsiyalashuvi uchun shart-sharoit yaratadigan, davlatlararo transport yo'laklari va jaxon bozorlariga eng qiska yo'l bilan chiqishini ta'minlaydigan transport infratuzilmasining yangilanishida, hamda ezgulik yo'lidagi oldimizga qo'yilgan bunyodkorlik ishlaridagi faoliyatingizda omad yor bo'lsin!

      Quvonchli fursatdan foydalanib, Sizlarga uzoq umr, sog'lik-salomatlik, xonadoningizga fayz-baraka, tinchlik-xotirjamlik tilayman!

        

      “O'zbekiston temir yo'llari” AJ
       Boshqaruv raisi                                                                            A.J. Ramatov