О‘ZBEKISTONDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHNING HUQUQIY ASOSLARI

Korrupsiyaning har qanday kо‘rinishiga murosasiz bо‘lish kundalik hayot tarzimizga aylanishi shart.Bu illatga qarshi kurashishga barcha davlat organlari, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, umuman, har bir fuqaro safarbar etilishi zarur”. 

SH.Mirziyoyev,

О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Korrupsiya lotincha “corruptio” sо‘zidan olingan bо‘lib, “yemirilish”, “buzilish” degan ma’nolarni anglatadi.

Korrupsiya sо‘zining ijtimoiy kurinishi «xokimiyatni buzish, chiritish orkali sotib olish» degan ma’noni beradi.

Korrupsiya – shaxsning о‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud о‘zga shaxslarning manfaatlarini kо‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish (О‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish tо‘g‘risida”gi qonuni, 3-modda).

BMTning 2003 yil 31 oktabrdagi “Korrupsiyaga qarshi” konvensiyasi (О‘zbekiston tomonidan 2008 yil 7 iyulda qabul qilindi) Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti doirasida 2003 yil 10 sentabrda qabul qilingan korrupsiyaga qarshi kurashning Istanbul rejasi (О‘zbekiston 2010 yil mart oyida qо‘shildi).

KORRUPSIYANING TURLARI:

- Maishiy korrupsiya, bu davlat xizmatlarini kо‘rsatish sohasida fuqarolar va davlat xizmatchilari о‘rtasida vujudga keladigan korrupsiyaga oid huquqbuzarlik;

- Biznesdagi korrupsiya tadbirkorlar va davlat xizmatchilari о‘rtasida vujudga keladigan munosabatlardagi korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar;

- Hokimiyatdagi korrupsiya, bu davlat hokimiyat organlarida mansabdor shaxslari tomonidan sodir qilinadigan korrupsiyaga oid huquqbuzarlik.

 

Isroil davlatining 5-Bosh vaziri Golda Meir xonim shunday vasiyat qoldirgan ekan:

"... Agar Siz о‘g‘il-qizlari unga doimo qaytadigan, aholisi undan faqat ta’til mavsumidagina chetga chiqadigan, uning hududida kelajak uchun qо‘rquv

hissi bо‘lmaydigan Vatan qurmoqchi ekansiz, quyidagi ikki qadamni qо‘ying:

Birinchidan, korrupsiyani vatanga xoinlikka, korrupsionerni esa eng ashaddiy sotqinga tenglashtiring.

Ikkinchidan, harbiylar, о‘qituvchilar va shifokorlarni eng katta maosh tо‘lanadigan kasb egalariga aylantiring.

Eng muhimi, mehnat qiling, mehnat qiling va mehnat qiling. Negaki, Sizni о‘zingizdan boshqa hech kim himoya qilmaydi, boqmaydi. Sizning Vatan о‘zingizdan boshqaga kerak emas. Agar, ana shu aytganlarim oddiy sо‘z va shior bо‘lib qolmasdan, turmush tarzingizga aylansa, Siz о‘z maqsadingizga erishgan bо‘lasiz."

 

KORRUPSIYANING SALBIY OQIBATLARI:

1) demokratiya va inson huquqlari institutlarning mustahkamlanishiga jiddiy putur yetkazadi;

2) keng jamoatchilikda hokimiyatga bо‘lgan ishonchni sо‘ndiradi;

3) jamiyatdagi tinchlik, osoyishtalik, adolat, qonun ustuvorligi kabi ijtimoiy-huquqiy qadriyatlarning buzilishiga olib keladi;

4) bozor iqtisodiyoti qonuniyatlarining buzilishi, yashirin iqtisodiyotning paydo bо‘lishi va rivojlanishiga zamin yaratadi;

5) davlat byudjetiga jiddiy zarar yetkazadi va boshq.

 

Korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari:

О‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvardagi О‘RQ-419-sonli “Korrupsiyaga qarshi kurashish tо‘g‘risida”gi qonuni;

О‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 11 sentabrdagi О‘RQ-445-sonli «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari tо‘g‘risida”gi qonuni;

О‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 8 yanvardagi О‘RQ-457-sonli «Ma’muriy tartib-taomillar tо‘g‘risida»gi qonuni;

О‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 9 apreldagi О‘RQ-472-sonli «Davlat xaridlari tо‘g‘risida»gi qonuni;

О‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 12 apreldagi О‘RQ-474-sonli «Jamoatchilik nazorati tо‘g‘risida»gi qonuni;

О‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 10 maydagi О‘RQ-537-sonli «Davlat-xususiy sheriklik tо‘g‘risida»gi qonuni va boshqalar.

 

О‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi

kurashish tо‘g‘risida”gi qonuni

Qonun 34 moddadan iborat bо‘lib, ushbu hujjatda quyidagilar qayd etilgan:

- korrupsiya atamasining tushunchasi;

- korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari;

- korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yо‘nalishlari;

- korrupsiyaga qarshi kurashuvchi vakolatli organlar va ularning vazifalari;

korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish;

- korrupsiyni oldini olishga doir chora-tadbirlar;

- korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniqlash, ularga chek qо‘yish, javobgarlikning muqarrarligi;

- korrupsiyaga qarshi javobgarlik;

- korrupsiyaga qarshi kurashish masalasida xalqaro hamkorlik.

 

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yо‘nalishlari:

1) aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;

2) davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;

3) korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni о‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qо‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash (qonuning 5-moddasi).

 

Manfaatlar tо‘qnashuvi — shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir kо‘rsatayotgan yoxud ta’sir kо‘rsatishi mumkin bо‘lgan hamda

shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari о‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bо‘lgan vaziyat.

 

Manfaatlar tuqnashuvining kelib chiqishining asosiy sabablari qatorida, qо‘yidagilarni ajratish mumkin:

- xodimning shaxsiy manfaatlari (masalan, mansabparastlik, kо‘raolmaslik, past niyatlar, garazg‘uylik va boshq.);

- xodimning yaqin qarindoshlari manfaatlari (biron-bir mavqeiga ega bо‘lish, tanish-bilishchilikni yaratish, naf kо‘rish yoki afzalliklarga ega bо‘lish va boshq.).

 

Manfaatlar tо‘qnashuvining oldini olish (boshqarish) chora-tadbirlari:

1) idora rahbari xodimlarga hurmat bilan munosabatda bо‘lish (ismi, sharif bilan murojaat etish);

2) ish masalalari bо‘yicha qarorlar qabul qilishda va ish vazifalarini bajarishda rahbar va xodimlar tashkilotning manfaatlarini kо‘zlab boshqarish;

3) texnik vositalar, apparat va jihozlardan faqat idora manfaatlarida foydalanishni ta’minlash;

4) milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targ‘ib qiluvchi materiallarni tarqatishni ta’qiqlash;

5) shaxsiy manfaatlarini kо‘zlab, idora manfaatlariga zarar yetkazadigan faoliyat bilan shug‘ullanishga moyil bо‘lgan xodimlarni aniqlash;

6) davlat xizmatchilarining tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi taqiqlash.

 

Manfaatlar tо‘qnashuvini boshqarish: tartibga solish:

- Xodimning manfaatlar tо‘qnashuvi bо‘yicha qarorlarni qabul qilish va muhokama qilish jarayonida qatnashishdan ixtiyoriy ravishda voz kechish, о‘z-о‘zini rad etishini tasdiqlash;

- Manfatlar tо‘qnashuvining oldini olish uchun xodimning mansab yо‘riqnomalarini о‘zgartirish yoki qayta kо‘rib chiqish;

- Xodimni ma’lum bir lavozim, vazifadan ozod etish;

- Xodimning shaxsiy manfaatlariga ta’sir kо‘rsatishi mumkin bо‘lgan ma’lumotlar va hujjatlardan foydalanishini cheklash;

- Xodimni ma’lum bir davlat xarid ishtirokchisi bilan xodim uchun qarorlarni qabul qilish jarayonidan chetlashtirish;

- Xodimni manfaatlar tо‘qnashuvi bilan bog‘liq bо‘lmagan mehnat funksiyalarini bajarishni nazarda tutadigan lavozimga о‘tkazish.

Manfaatlar tо‘qnashuvini, jumladan, urug‘-aymoqchilikni oldini olishda О‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksining 79-moddasi (Qarindosh- urug‘larning davlat korxonasida birga xizmat qilishlarini cheklash) ahamiyat kasb etadi.

MKning 79-moddasiga kо‘ra:

- “О‘zaro yaqin qarindosh yoki quda-anda bо‘lgan shaxslarning (ota- onalar, aka-ukalar, opa-singillar, о‘g‘il va qizlar, er-xotinlar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va bolalari), basharti ulardan biri ikkinchisiga bevosita bо‘ysunib yoki uning nazorati ostida xizmat qiladigan bо‘lsa, bir davlat korxonasida birga xizmat qilishlari taqiqlanadi”.

 

Muhammadali Mamadaliyev,

Toshkent shahar iqtisodiy ishlar

bо‘yicha sudlov hay’atining sudya katta yordamchisi