Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

15:48:06 (GMT +5), juma, 28 iyul 2017

Boshqaruv

Ramatov Achilbay Jumaniyozovich

Boshqaruv raisi
  • Telefon

    (+998 71) 238-80-28

  • Elektron pochta info@uzrailway.uz
  • Qabul kunlari Dushanba 18:00 – 19:00
Onlayn qabulxona
  • Tarjimai hol
  • Lavozim majburiyatlari

1962 yil Xorazm viloyatining Shovot tumanida tug’ilgan. Мillati - o’zbek. Ma’lumoti oliy. 1988 yilda Toshkent temir yo’l muhandislari institutini muhandis-mexanik mutaxassisligi bo’yicha tamomladi.

Ish faoliyatini 1980 yil Urganch lokomotiv deposida mashinist yordamchisi lavozimida boshladi. 1988 yil Toshkent temir yo’l muhandislari institutini tamomlagandan so’ng Toshkent teplovozlarni ta’mirlash zavodining ustasi, teplovoz sexi boshlig’I o’rinbosari va vagon ta’mirlash sexi boshlig’i bo’lib ishladi.

1995 yil mart oyida “O’ztemiryo’lmashta’mir” UK bosh direktori etib tayinlandi.

2001 yil may oyida “O’zbekiston temir yo’llari”ning bosh menejeri-bosh muhandisi lavozimiga tayinlandi.

2002 yildan buyon “O’zbekiston temir yo’llari”ning boshqaruv raisidir. 2000 yilda “O’zbekiston Respublikasi xizmat ko’rsatgan sanoat ishchisi” davlat unvoni bilan taqdirlandi. 2007 yil avgust oyida “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan, 2011 yil avgust oyida “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlandi, 2013 yilda esa “O’zbekiston qahramoni” unvoni berildi.

O.J. Ramatov oilali, uch nafar qizi bor.

  • Jamiyat va uning iro etuvchi apparati faoliyatining umumiy boshqarishni amalga oshiradi, jamiyatga yuklatilgan vazifalarni bajarilishiga va “O’zbekiston temir yo’llari” AJ Nizomiga rioya qilishga mas’ul, boshqaruv raisi o’rinbosarlari ortasida vazifalarni yuklaydi, “O’zbekiston temir yo’llari” AJ faoliyati masalalari yechimida ularning vakolatlarini aniqlaydi;
  • Oliy Majlis, Respublika Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, Kengash va boshqaruvning normativ hujjatlari bajarilishini nazoratini ta’minlaydi;
  • jamiyatning faoliyati samarasini ta’minlaydi, ishning yakuniy natijalari va poezdlar harakati xavfsizligi oshirish chora-tadbirlarini o’tkazadi.
  • kadrlar siyosatini amalga oshiradi;
  • jamiyatning xo’jalik va moliyaviy faoliyatini hamda xo’jalik ishlarini rejalashtirish masalarini muvofiqlashtiradi;
  • adolat tamoillarini, boshqaruv usullarining iqtisodiy va ma’muriy moslashuvi, jamiyat faoliyati masalalarini muhokama qilish va yechishda yakka rahbarlik va kollegiallikni ta’minlaydi;
  • Hamdo’stlik mamlakatlarining temir yo’l transporti Kengashi a’zosi

Shukurov Akbar Safarovich

Boshqaruv raisi birinchi o’rinbosari
  • Telefon

    (+998 71) 238-83-36

  • Elektron pochta info@uzrailway.uz
  • Qabul kunlari Payshanba 17:00 – 19:00
Onlayn qabulxona
  • Tarjimai hol
  • Lavozim majburiyatlari

1963 yil Samarkand viloyatida tug’ilgan.

Millati o’zbek.

Ma’lumoti oliy. 1989 yilda Toshkent temiryo’l muhandislari institutining  tashish jarayonlarini boshqarish injeneri mutaxassisligi bo’yicha tamomlagan. 

2003 yil O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasini tamomladi va magistr darajasini oldi.

1984 yildan 2011 yilgacha temir yo’l transporti sohasida ishlagan.

2007 yilda “O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan transport xodimi” unvoni bilan mukofotlangan.

2003 yildan 2011 yilgacha O’zbekiston temir yo’llari” AJning bosh menedjer - bosh muxandis lavozimida ishlagan.

2011 yildan 2017 yilgacha Samarqand shahri xokimi bo’lib ishlagan.

2017 yil  fevral oyidan  O’zbekistnon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 1 fevraldagi 47-sonli qaroriga muvofiq "O’zbekiston temir yullari" Aksiyadorlik jamiyatining Boshqaruv raisi birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlamoqda. 

Shukurov A.S. oilaliy, ikki nafar farzandi bor.

  •  jamiyatning iqtisodiy, moliyaviy va investitsion faoliyatini boshqaradi;
  • ishlab shiqarish samaradorligi va rentabelligini oshirishga qaratilgan sohalarning iqtisodiy faoliyatini tashkillashtirish va takomillashtirishni amalga oshiradi;
  • mehnat samaradorligini va moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarni kam harajat qilish bilan ko’proq natijalarga erishish orqali ish haqini oshirishni ta’minlaydi;
  • jamiyat boshqaruvi tuzilmasini va tizimini takomillashtirish masalalarini, qimmatli qog’ozlar bilan ishlashni muvofiqlashtiradi;
  • o’rnatilgan tizimlar bo’yicha mukofotlash va boshqa shakllardagi ma'naviy va moddiy rag'batlantirish masalarini ko’rib chiqishni tashkillashtiradi;
  •  “O’zbekiston temir yo’llari” bolinmalarining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish istiqbolli ko’rsatkichlarini shakllantirish bo’yicha muvofiqlashtiradi va boshqaradi
  • Moddiy resurslarni iqtisodiy va ratsional foydalanish bo’yicha ishlarni boshqaradi.

Xasilov Xusnutdin Nuriddinovich

Bosh menejer-bosh muhandis
  • Telefon

    (+998 71) 238-88-91

  • Elektron pochta info@uzrailway.uz
  • Qabul kunlari Seshanba 17:00 – 19:00
Onlayn qabulxona
  • Tarjimai hol
  • Lavozim majburiyatlari

1970 yil Toshkent viloyatida tug’ilgan.
Ma’lumoti oliy. 1992 yilda Toshkent temiryo’l muhandislari institutining  injener-mexanik mutaxassisligi bo’yicha tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1992 yilda  “O’zinterservis” qo’shma korhonasida tarmoq boshlig’i sifatida boshlagan.
1999 - 2002 yillar "O’ztemiryulmashta’mir" unitar korxonasida turli lavozimlarda ishlagan.
2002 - 2008 yillar strategik rivojlanish boshqarmasi  boshlig’i, bir vaqtning o’zida " O’zbekiston temir yullari" DATK bosh menedjer – bosh muhandisining o’rinbosari lavozimida ishlab kelgan. 
2011 yilda " O’zbekiston temir yullari " DATK bosh menedjer – bosh muhandisi lavozimiga tayinlangan. 
2014 yilda O’zbekistnon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Departament mudiri lavozimiga tayinlangan.
2016 yil 1 apreldan  O’zbekistnon Respublikasi Vazirlar Mahkamasiing 2016 yil 31 martdagi 97-sonli qaroriga muvofiq "O’zbekiston temir yullari " Aksiyadorlik jamiyatining bosh menedjer – bosh muhandisi lavozimida ishlamoqda.

  • progressiv ilmiy-texnik ishlanmalar joriy qilishni boshqaradi, texnik va texnologik masalarni kompleks yechimiga qaratilgan chora-tadbirlarni tashkillashtiradi, asosiy ishloab chiqarish fondlarini yangilash, takomillashtirish va samarali foydalanishni boshqaradi.
  • lokomotiv, vagon, yo’l xo’jaliklari, signalizasiya va aloqa, eletr ta’minotni faoliyati va rivojlanishi masalalarini olib boradi, ilmiy-texnikaviy rijoshlanish yutuqlarini joriy qilish, texnik asboblarni saqlash, ta’mirlash va xizmat ko’rsatishning yangi g’oyalari , kerakli hajmda ehtiyot qismlar , meteriallar va yoqilg’i-energomanbaalar bilan ta’minlash asosida bu xo’jaliklarning faoliyati samarasi va ishonchini oshirishni ta’minlaydi,
  • Lokomotiv, vagon va boshqa harakatdagi tarkibning eksluatatsiya salohiyatini oshirish va texnik ta’minot ishlarini boshqaradi;
  • “O’zbekiston temir yo’llari” AJ bo’linmalarining texnik uskunalari faoliyati, texnologik jarayonlarga rioya qilish, mehnat xavfsizligi qoidalari va normasi, sanoat xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi, tabiat muhofazasi, sanitariya va boshqa organlar talablariga rioya qilish nazoratini amalga oshiradi;,  
  • “O’zbekiston temir yo’llari” AJ ilmiy-texnik kengashining raisidir.

Dexkanov Davron Tulkunovich

Boshqaruv raisi o’rinbosari
  • Telefon

    (+998 71) 238-89-50

  • Elektron pochta info@uzrailway.uz
  • Qabul kunlari Juma 18:00 – 20:00
Onlayn qabulxona
  • Tarjimai hol
  • Lavozim majburiyatlari

1969 yilda Toshkent shahrida tug’ilgan.

Millati - o’zbek.

Ma’lumoti oliy. 1994 yilda Toshkent temir yo’l muhandislari institutini muhandis-elektrchi mutaxassisligi bo’yicha tamomladi. 

2012 yildan 2017 gacha “O’zbekiston temir yo’llari” da boshqaruv raisining birinchi o’rinbosari lavozimida ishlagan.

2017 yil fevral oyidan  “O’zbekiston temir yo’llari” da boshqaruv raisining o’rinbosari lavozimida ishlaydi.

D.T. Dexkanov oilali, ikki nafar o’g’li bor.

  • jamiyatning ekspluatatsion ishlarini boshqaradi, lokomotiv brigadalar va tortish uskunalardan samaradorli foydalanish qismida tashish jarayonlarini ta’minlash bo’yicha ishlarni tashkil qiladi, tashish sifatini oshirish, harakatdagi tarkib va texnik uskunalardan samarali foydalanish, tashish jarayonlari texnologiyalarini takomollashtirish ishlarini tashkillashtiradi;
  • “O’zbekiston temir yo’llari ” AJ bo’ylab poezdlar harakati havfsizligini ta’minlash va manyovr ishlarini ishlab chiqarish boyicha nazoratni amalga oshiradi;
  • tashish vazifalarini bajarish, poezdlar harakati havfsizligini ta’minlash masalalari va manyovr ishlarini ishlab chiqarish bo’yicha jamiyat bo’linmalari faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf qilish choralarini tashkil qiladi;
  • lokomotiv va vagonlarni ishlatishni takomillashtirish, hisobga olish va hisobotni takomillashtirish, hisoblash texnikasi uskunalarini ekspluatatsiya qilish, zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalarni joriy qilishni ta’minlaydi;
  • Poezdlar harakati jadvali va unga bo’gliq bo’lgan texnik va texnologik normativlarni ishlab chiqishni boshqaradi.

Rajapov Mansur Quchqarovich

Boshqaruv raisi o'rinbosari
  • Telefon

    238-80-11

  • Elektron pochta info@uzrailway.uz
  • Qabul kunlari Dushanba 18:00 - 20:00
Onlayn qabulxona
  • Tarjimai hol
  • Lavozim majburiyatlari

1958 yil, Toshkent  viloyatida tug’ilgan.
Millati o’zbek.
Ma’lumoti oliy, 1987 yil Toshkent temir yo’l transporti muhandislari institutining temir yo’ldan foydalanish mutaxassizligi bo’yicha tamomladi.
1999 yil O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasini tamomladi va magistr darajasini oldi.
Temir yo'l sohasida 1987 yildan buyon ishlab keladi.
2016 yil “Shuhrat” medali Davlat mukofoti bilan taqdirlangan.
2016 yil 29 oktyabrdan  O’zbekistnon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 29 oktyabrdagi 376 -sonli qaroriga muvofiq "O’zbekiston temir yullari" Aksiyadorlik jamiyatining Boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimida ishlamoqda.
   

  • Investitsiya dasturini shakllanishtirish, jamiyatning investitsiya siyosatini amalga oshirilish, xorijiy investitsiyalar tomonidan amalga oshirilayotgani shu jumladan, va qurilish loyihalarining manzilli dasturini shakllantirishni tashkil etadi;
  • qurilish sohasida yangi texnologiyalarni joriy etishni tashkil qiladi;
  • ishlab chiqarish ob'ektlari va standart bo'yicha ijtimoiy ob'ektlarni qurish tashkil etadi;
  • "O'zbekiston temir yo'llari" AJ muassasalarini qurish va ta'mirlash rejalarini amalga oshirilishini ta’minlaydi;
  • aksiyadorlik jamiyatning qurilish korxonalari faoliyatini, shuningdek, kapital qurilish rejalarini amalga oshirish nuqtai nazaridan vazirliklar, idoralar va qurilish sanoati va boshqa tashkilotlar bilan o'zaro hamkorligini muvofiqlashtiradi;
  • "O'zbekiston temir yo'llari" AJning qurilish bazasi va pudrat korxonalarini oqilona taqsimlash va rivojlanishtirish , shuningdek, ularning ish samaradorligini oshirishni ta'minlaydi;
  • qurilish jarayonida moddiy resurslardan iqtisodiy va oqilona foydalanish bo'yicha ishlarni boshqaradi;
  • qurilish va montaj ishlari sifati ustidan texnik nazorat tashkil etish vazifalarini nazorat qiladi;
  • loyihaviy- tadqiqot ishlar rejasi bajarilishini nazorat qiladi;
  • ob'ektlarni qurish va rekonstruksiya qilish doirasida loyihalarni yuqori texnik darajasini ta'minlaydi;
  • nazoratdagi xo’jalik tarmoqlarida investitsiyalar bo'yicha takliflar tayyorlaydi;
  • yordamchi qishloq xo'jaligi bo’limlari faoliyati va ularning ish faoliyati samaradorligi oshirish masalalarini hal qiladi.

Kadirov Erkin Shuxratovich

Boshqaruv raisi o’rinbosari
  • Telefon

    (+998 71) 238-82-73

  • Elektron pochta info@uzrailway.uz
  • Qabul kunlari Juma 16:00 – 18:00
Onlayn qabulxona
  • Tarjimai hol
  • Lavozim majburiyatlari

1976 yil Qo’qon shahrida tug’ilgan.
Millati o’zbek.
Ma’lumoti oliy. 2003 yil Toshkent temiryo’l transporti muhandislari institutining “Transport vositalaridan foydalanish” fakultetini tamomlagan. O’z faoliyatini temir yo’l transportida 1997 yil Chuqursoy temir yo’l stansiyasidan boshlagan.
2014 yil «Shuxrat» medali bilan mukofotlangan.
2015 yil 16 dekabrdan “O’zbekiston temir yo’llari” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisining o’rinbosari etib tayinlandi. Ushbu lavozimga qadar sohaning turli lavozimlarida ishlagan.
E.Sh. Kadirov oilali, ikki nafar o'g’li bor.

  • mehnat jamoasini ijtimoiy takomillashtirish va jamiyatning kadrlar salohiyatini shakllantirish ishlarini tashkillashtiradi;
  • jamiyat ishchilarining hayoti va turmush tarzini yahshilash, moddiy va ma’naviy talablarini qondirish masalalarini hal qiladi;
  • jamiyat korxona va tashkilotlarida tarbiyaviy ishlarni, intizomni kuchaytirishda mehnat jamoalarining o’rnini oshirishni tashkil qiladi
  • ijtimoiy soha masalalar yechimida ijtimoiy adolatga rioya qilishni nazoratini amalga oshiradi;
  • sog’liqni saqlash, oliy va o’rta mahsus ta’lim, sog’lomlashtirish, dam olish va sport tizimini takomillashtirish ishlarini tashkillashtiradi;
  • Jamiyat korxonalarida uzluksiz ishlab-chiqarish iqtisodiy ta’limni, samarali kasbiy yo’nalish, mehnat an’analarini targ’ib qilish va temityo’lchi kasbining nufuzini oshirishni tashkil qiladi.

Hudoyqulov Oybek Nosirboyevich

Boshqaruv raisining o'rinbosari - ''Toshkent metropoliteni'' unitar korxonasi boshligi
  • Telefon

    (+998 71) 241-65-14

  • Elektron pochta GUP@tashmetro.uz
  • Qabul kunlari

    Payshanba 14:30-16:30

Onlayn qabulxona
  • Tarjimai hol
  • Lavozim majburiyatlari

1975 yil Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan. 
Мillati - o‘zbek. 
Ma’lumoti oliy. 1997 yilda Toshkent temir yo‘l muhandislari institutini tashkil etish va boshqarish bo‘yicha muxandisi mutaxassisligi bo‘yicha tamomladi.
Temir yo'l sohasida 1997 yildan buyon ishlab keladi.
2016 yil 29 oktyabrdan  O’zbekistnon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 29 oktyabrdagi 377-sonli qaroriga muvofiq "O’zbekiston temir yullari " Aksiyadorlik jamiyatining Boshqaruv raisi o‘rinbosari – “Toshkent metropoliteni” Unitar Korxonasi boshlig‘i lavozimida ishlamoqda.
O.N. Hudoykulov oilali, to‘rt nafar farzandi bor. 

  • metropolitenda yo‘lovchi tashish havfsizligini va yo‘lovchilarga hizmat ko‘rsatishni yuqori darajada bo‘lishini ta‘minlaydi; 
  • aholinining metropoliten hizmatlaridan sifatli foydalanish talabini qondirish bo‘yicha chora-tadbirlarini o‘tkazadi; 
  • metropolitenning umumiy boshqarishni amalga oshiradi; 
  • metropolitenda o‘rnatilgan poezdlar harakati va oraliq jadvalini bajarilishi bo‘yicha masalalar echimini ta‘minlaydi; 
  • yo‘lovchilarning hayoti va sog‘lig‘ini, poezdlar harakati xavfsizligini, atrof muhitni saqlash talablari bajarilishini  nazorat qiladi; 
  • metropolitennig  moliyaviy-iqtisodiy faoliyatini samaradorligi va rentabelligini oshirishni ta‘minlaydi, ishlab chiqarish va boshqa xarajatlarni qisqartirish, yoqilg‘i-energiya va poezdlar harakatiga sarflanadigan elektrenergiyasidan samarali va oqilona foydalanishni ta‘minlaydi; 
  • metropolitan infratuzilmasi va harakat tarkibini sifatli saqlanishini nazorat qiladi; 
  • metropolitanda mavjud bo‘lgan mexanizm, uskuna, mashina va texnikalarning sozligini ta‘minlash choralarinin ko‘radi; 
  • metropolitenning yangi yo‘nalishlari qurilishi bo‘yicha investitsion loyihalarni boshqari; 
  • Xalqaro metro assotsiatsiyasi va Xalqaro jamoat transporti uyushmasi (MSOT) a‘zosi; 
  • “Toshkent metropoliteni” UKni bevosita boshqaradi.