Yangi ekspress konteyner poyezdi xizmati narxi e'lon qilindi.

  • 27.09.2018
  • 582

   "O'zbekiston temir yo'llari"AJ joriy yil oktyabr oyidan "Toshkent–Pop–(Roustan)–Margilon–Andijon" yo'nalishida yo'lga qo'yiladigan yangi ekspress konteyner poyezdi xizmatidan foydalanish istagida bo'lgan yuridik va jismoniy shaxslarga o'z taklifini e'lon qiladi.


Mazkur konteyner poyezdi dastlab haftada bir marotaba sinov tariqasida xizmat ko'rsatadi.

Keyinchalik buyurtma, talablarga qarab reyslar ko'paytiriladi.

Temir yo'l orqali bir tomon yo'nalishning vaqti 10 soatni tashkil etadi.

Yuk jo'natuvchilar 1 ta 20 futlik konteynerni jo'natishni 1 martalik chipta olish orqali amalga oshirishlari mumkin.

Chipta bahosining ichiga temir yo'l transportida konteynerlarni tashish, shuningdek, avtotransportdan temir yo'l platformasiga bo'sh hamda yukli konteynerlarni ortish va tushirish xizmatlari kiritilgan.

Barcha to'lovlar bank muassasalari orqali amalga oshiriladi.

Xizmat nomi  

Xizmat narxi, so'm

"Toshkent–Pop–(Roustan)–Marg'ilon–Andijon" yo'nalishida temir yo'l orqali 1 ta 20 futlik konteyner chiptasi

(bir tomonga)

1 000 000

Bog'lanish uchun ma'lumot: 100060 Toshkent sh., T.Shevchenko ko'chasi,7-uy

tel:+99893 390-14-40,+99878150-34-10 (qisqa raqam 333) +998935000450, 238-87-92, 237-95-86

Faks: 233-69-24

Web-sayt: www.railway.uz, www.utk.uz

e-mail:jdk@railway.uz, marketing@utk.uz, marketing@railway.uz

 

Axborot xizmati

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI