Angren shahridagi yangi temir yo'l vokzali

Toshkent viloyati axolisiga sifatli servis xizmatini ko'rsatish, ularning uzog'i yaqin qilish maqsadida “O'zbekiston temir yo'llari” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan bir qator loyihalar hayotga tadbiq etib kelinmoqda. Ana shunday bunyodkorliklardan biri Angren shahrida amalga oshirildi. Konchilar shahrida yangi zamonaviy temir yo'l vokzali qad rostladi.


Binoning bosh rejasi “TOSHTEMIRYO’LLOYIHA” MCHJ mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan. Shaharning markazida joylashgan vokzalda bir vaqtning o'zida qariyib 100 nafar yo'lovchiga xizmat ko'rsatadi. Bino zamon talablari darajasida bunyod etilgan. Vokzal binosida kutish, VIP zallari, tibbiyot punkti, ona-bola xonasi, bufet, ko'chma savdo nuqtalari, elektron ma'lumotlar markazi va tablosi mavjud. Yo'lovchilarning vaqtlarini tejash maqsadida vokzal hududida temir yo'l kassasi ham qurilgan. Shuningdek, loyiha doirasida temiryo'lchi quruvchilar tomonidan uzunligi 250 metr bo'lgan perron ham yangidan bunyod etildi. Inshootning isitish va sovutish tizimiga ham alohida e'tibor qaratilgan. Yo'lovchilar xavfsizligini ta'minlash maqsadida video kuzatuvlar, shuningdek, yong'in xavfsizligi uchun maxsus chiqish yo'laklari ham tashkil etilgan.

Yangi bunyod etilgan Angren temir yo'l vokzali yaqin kunlarda foydalanishga topshirilishi ko'zda tutilgan. Endilikda bu yerda uchta mahalliy va bitta xalqaro yo'nalishdagi poezdlarning to'xtab o'tishi rejalashtirilmoqda.

Axborot xizmati

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI