Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

07:23:49 (GMT +5), seshanba, 19 noyabr 2019

Talabga mos yangi mahsulot

Prezidentimiz tashabbusi bilan poytaxtimizda yangi metro liniyalarini qurish, bu borada jahon tajribasini qo'llash, zamonaviy  texnika va texnologiyalarni joriy qilish bo'yicha bir qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, “O'zbekiston temir yo'llari” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli “Ko'prikqurilish” tresti unitar korxonasi tarkibida yer osti metrosini qurish jarayoni uchun zarur temir beton konstruktsiyalarini  ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan “Maxsus temir beton buyumlari va konstruktsiyalarini ishlab chiqarish zavodi” unitar korxonasi tashkil etildi. 


Bu yerda mahsulotlarni jahon andozasiga mos ravishda tayyorlash maqsadida Germaniyaning mashhur “Herrenknext” korporatsiyasi tomonidan yetkazib berilgan tyubinglar ishlab chiqarish liniyasi o'rnatilgan. Hozirda ushbu korxonada Toshkent metropolitenining Yunusobod yo'nalishini barpo etish uchun tyubinglar ishlab chiqarilmoqda. Tyubinglar 6 ta qismdan iborat bo'lib, ularni birlashtirish orqali xalqasimon metro yo'laklari joriy etiladi. Ushbu xalqaning eni 1,5 metr, ichki diametri 5,1 metrni, tashqi o'lchami esa 5,62 metrni tashkil etadi. Tajribali ko'priksozlar tomonidan har kuni 8 ta to'plam (12 metr) ana shunday  mahsulot ishlab chiqarilmoqda. Tyubinglar metro tuneli devorlarini mustahkamlash uchun xizmat qiladi. Shu bois mahsulot sifati doim mutaxassislar nazoratida.  

Yunusobod metro yo'nalishidagi “Yunusobod” va “Turkiston” bekatlarining qurilish-montaj ishlari ochiq va yopiq usulda olib borilyapti. Liniyaning yopiq qismida qurilish ishlarini bajarish uchun “Herrenknecht AG” guruhi bilan hamkorlikda gorizontal burg'ulash texnikasi keltirilgan. “Maxsustemirbeton buyumlari va konstruktsiyalarini ishlab chiqarish zavodi” unitar korxonasi tomonidan tayyorlangan tyubinglar mazkur majmua yordamida o'rnatib borilmoqda.

Axborot xizmati

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko’rinish