Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

17:20:27 (GMT +5), dushanba, 23 sentabr 2019

Yo'lovchilar, yuk jo'natuvchi va yuk qabul qiluvchilar diqqatiga!

“O'zbekiston temir yo'llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan yangi yo'nalishlarni ko'paytirish, xizmat ko'rsatish sifatini yaxshilash va yo'lovchilarning xavfsiz harakatlanishini ta'minlash bo'yicha samarali ishlar olib borilmoqda.

“O'zbekiston temir yo'llari” aksiyadorlik jamiyati 2019 yilning 1 martidan boshlab “Afrosiyob” tezyurar poezdlaridan tashqari barcha mahalliy yo'nalishlarda qatnovchi yo'lovchi poezdlar chiptalarining narxi 20% ga oshishini ma'lum qiladi.

Bu o'z navbatida har kuni sarflanib kelinayotgan elektr energiya, xom ashyolar, harakatlanish davomida vujudga keladigan barcha harajatlarni qoplash va poezdda xizmat ko'rsatuvchi barcha xodimlarga munosib ish haqini to'lashga zamin yaratadi.

Narxlarni tartibga solish o'z navbatida poezd yo'nalishlar sonini ko'payishiga olib keladi va ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan yo'nalishlarni doimiy ravishda ta'minlab turadi. 

Shuningdek, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati 2019 yilning 1 martidan boshlab mahalliy qatnovlarda yuk tashish tariflari  20% ga oshishini ma'lum qiladi.

Axborot xizmati

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko’rinish