Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

12:29:02 (GMT +5), juma, 19 aprel 2019

Nаmangan vokzali tez orada foydalanishga topshiriladi

Namangan temir yo'l vokzalini yangidan qurish bo'yicha bunyodkorlik ishlari jadal sur'atlarda olib borilmoqda. 3 qavatdan iborat bino qurilishi “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyati buyurtmasi asosida “Boshtransloyiha” aksiyadorlik jamiyati tomonidan loyihalashtirilgan. 

Qurilish-montaj ishlariga “Qurilish universal kompakt servis” mas’uliyati  cheklangan jamiyati mutaxassislari jalb etilgan. Zamonaviy arxitektura yechimlari asosida bunyod etilayotgan vokzal kundan-kunga o'ziga xos ko'rkam qiyofa kasb etmoqda. Qurilishga 100 nafardan ortiq ishchi-xodimlar va o'nlab zamonaviy texnikalar jalb etilgan. Ayni kunlarda barcha qavatlarda joylashgan xonalarda qurilish-montaj jarayoni yakunlanib, pardozlash ishlari olib borilmoqda. Perron ham zamonaviy tarzda kengaytirilyapti.  

Yangi vokzal ishga tushirilgach, bir vaqtning o'zida 500 nafar yo'lovchiga xizmat ko'rsatiladi. Bu yerda kutish  va VIP zallari, ona va bola xonasi, tibbiyot punkti, umumiy ovqatlanish maskani hamda savdo shaxobchalari tashkil qilinadi. Yuqori qavatga ko‘tarilish uchun zamonaviy liftlar o‘rnatiladi. Shuningdek, kutish zallarida yo‘lovchi poezdlarning qatnov jadvali aks etgan elektron oyna, Wi-Fi internet tizimi, elektron kutubxona joriy etiladi.

Vokzaldagi qurilish ishlari barobarida uning yon tomonida joylashgan “Lokomotiv” mehmonxonasi ham qayta ta'mirlanmoqda. Mehmonxona 5 qavatdan iborat bo'lib, birinchi hamda ikkinchi qavatlardan vokzalning ma'muriy binosi o'rin oladi. Temir yo'l chiptaxonasi ham  mehmonxona hududida. 


Shuningdek, loyiha doirasida vokzal hududi tubdan obodonlashtirilib, turli xil gul ko'chatlari va xushmanzara daraxtlar ekilyapti. Bunyod etilayotgan ulkan favvora esa vokzal ko'rkiga o'zgacha chiroy baxsh etadi. Bino oldida yozgi ayvon qurilishi bo'yicha ishlar jadal sur'atda olib borilmoqda. 

Axborot xizmati

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko’rinish