
Vodiydagi bunyodkorlik
“Pop-Namangan-Andijon temir yo'l liniyasini elektrlashtirish” bo'yicha bunyodkorlik ishlari qizg'in davom etmoqda. Mazkur loyiha “Boshtransloyiha” aksiyadorlik jamiyati muhandislari tomonidan ishlab chiqilgan.
Hozirda “Ko'prikqurilish” tresti unitar korxonasi ishchi-xizmatchilari tomonidan Norin daryosi (uzunligi 270 metr), Andijon (uzunligi 65 metr) va Farg'ona (uzunligi 65 metr) kanallari ustidan o‘tuvchi temir yo'l ko‘priklarini qurish ishlari jadal sur'atda davom etmoqda. Ayni paytda inshootlarning asosiy tayanch ustunlari o'rnatilib, to‘sinlar mustahkamlanmoqda. E'tiborlisi, loyiha doirasida uzunligi 96 metr bo'lgan tunnel ham barpo etiladi. Shu kungacha temiryo'lchilar tomonidan Uychi-Uchqo'rg'on uchastkasida 1 kilometr yangi temir yo‘llar yotqizilgan. 560 ming kub metr tuproq ishlari bajarildi.
Axborot xizmati
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.
BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI