Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

18:26:53 (GMT +5), dushanba, 18 noyabr 2019

Investorlar bilan muzokara

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatida Polsha davlatining “Famur” va “Rafako” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o'tdi.

Unda xorijiy korxonalarning hozirgi faoliyati, texnik imkoniyatlari, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, o‘zaro ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama etildi. 

 

ig'ilishda “O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyatida xorijiy kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan texnika va texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha takliflar bildirildi va bir qancha loyihalar muhokama qilindi. Polshalik mutaxassislar tomonidan loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi. 

Zamonaviy qozonxonalarni barpo etish masalasi ham yig'ilganlarning diqqat e'tiborida bo'ldi. 



Ma’lumot uchun: 

Dunyoga mashhur “Famur” va “Rafako” kompaniyalari tog'-kon uskunalari, elektroenergiya ishlab chiqarishda foydalaniladigan texnika va texnologiyalar, zamonaviy qozonxonalar loyihasini tayyorlash, shaxta yo‘llarini qurish va unda transport tizimini joriy etish bilan shug'ullanadi. Shu bilan birga servis xizmatlarini ko'rsatish, ta'mirlash ishlarini ham olib boradi. Hozirgi kunda jahonning 20 ga yaqin davlatida mazkur korxonalarning vakolatxonalari ochilgan.  

Axborot xizmati

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko’rinish