Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

02:18:55 (GMT +5), juma, 21 iyun 2019

O‘zbekiston-Qozog'iston: Manfaatli hamkorlik rejalari

     “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatida “Kazakstan temir joli” milliy kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Kanat Al’magambetov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda tomonlar tranzit, yuk va yo‘lovchi tashish bo'yicha muzokaralar olib borishdi. Shuningdek, bir qator xalqaro uchrashuvlarning tashkiliy masalalari ko‘rib chiqildi.

        Dastlab, 2018 yilda ikki tomonlama kelishuvga asoslangan davlatlar o‘rtasidagi xalqaro temir yo‘l tutashuv punktlari orqali yuk qabul qilish va jo‘natish ishlari tahlil etildi. Shu bilan birga 2019 yilda amalga oshirilish ko‘zda tutilgan rejalar xususida fikr almashildi. Ayniqsa, yuk konteynerlari orqali tashuvlar hajmini ko‘paytirishga alohida e'tibor qaratildi. O‘zaro ikki davlat temir yo‘l tizimlari o‘rtasida preferensiyalar va chegirmalarni taqdim etish shartlari ham muhokamalar markazida bo‘ldi.


       Yuk vagonlarining nazorati, ularni o‘z vaqtida qaytarish, yangi yo‘nalishlarda yuk tashish xizmatini joriy qilish masalasida ham so‘z yuritildi.

        Yig'ilishda Afg'oniston Islom Respublikasi orqali Pokiston portlariga chiqishni tashkil etish masalalari ham muhokama etildi.


     Shuningdek, Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar temir yo‘llar ma'muriyati rahbarlarining Qozog'iston poytaxti Ostona shahrida o‘tkaziladigan uchrashuvi hamda joriy yilning 11-15 mart kunlari tashkil etiladigan xalqaro anjumanda ko‘riladigan dolzarb masalalar haqida ma'lumotlar berildi.

          Muhokama etilgan masalalar yuzasidan yig'ilish bayonnomasi imzolandi.

Axborot xizmati

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko’rinish