Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

12:19:08 (GMT +5), juma, 22 mart 2019

Navbatdagi yo‘lovchi vagonlari eksport qilindi

     “Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta'mirlash zavodi” aksiyadorlik jamiyatida yildan-yilga ishlab chiqarish hajmi ortib, eksport ko‘lami kengayib bormoqda. Xususan, shu kungacha 61-907 va 61-911 modeldagi kupe va platskart vagonlari eksport qilingan bo‘lsa, endilikda ularning soni yana bittaga ortdi. 

     Zavodda yangi 61-931 rusumdagi nogironlar uchun maxsus kupeli shtab vagoni ishlab chiqarildi. Ushbu vagon mijozlar talab va istaklariga ko‘ra, zavod muhandis-konstruktorlari tomonidan loyihalashtirildi. Mutaxassislar vagonda nogironlar uchun bir qator qulayliklarni yaratishga alohida e'tibor qaratishdi. Xususan, vagon va kupening kirish qismi, yo‘laklar kengaytirilgan. Eng muhimi, nogironlik aravachasini olib chiqish uchun maxsus ko‘taruvchi moslama o‘rnatilgan. 

     Yangi ishlab chiqarilayotgan vagonning 60 foiz butlovchi qismlari mahalliylashtirish dasturi bo‘yicha korxonaning o‘zida tayyorlanmoqda. Xususan, isitish va sovutish tizimlari, elektr boshqaruv pulti, yuqori va past kuchlanish maxsus elektr moslamasi, telejkalar o‘zimizning milliy mahsulotlardir. 

    “Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta'mirlash zavodi” aksiyadorlik jamoasi shu kunlarda nogironlar uchun maxsus vagonlarni kurgazmasini Qozog’iston Respublikasida o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Ayni kunda 2 ta tayyor mahsulot mijozlarga yetkazilgan. 

    Endilikda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyatining xalqaro yo‘nalishlardagi poezdlarida ham shu kabi jahon standartiga mos vagonlarni joriy etish ko‘zda tutilgan. 

Axborot xizmati

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko’rinish