×

Saytda ovoz jo‘rligidan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma

Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz jo‘rligidan foydalanish imkoniyati mavjud. Ushbu funksiyadan foydalanish uchun ovozli rejimga o‘tish zarur, keyin kerakli matnni belgilab, hosil bo‘lgan belgini bosish lozim.
* Saytdagi ovoz jo‘rligi funksiyasi Windows Vista va undan oldingi versiyadagi operatsion tizimlarda ishlamaydi.

Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

08:53:35 (GMT +5), seshanba, 19 noyabr 2019

Toshkent metropoliteni: bepul Wi-Fi va elektron to'lovlar


Yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, mamlakatimizda sayyohlikni rivojlantirish va keng targ'ib qilish maqsadida “Toshkent metropoliteni” unitar korxonasi tomonidan sinov tariqasida metro bekatlarida bepul, tezligi 512 Kbit/s bo‘lgan Wi-Fi o‘rnatilgan (ichki resursida). 

Hozirgi kunda «Alisher Navoyi» va «Paxtakor» bekatlarida ushbu tizim samarali faoliyat ko‘rsatmoqda. Mazkur xizmatdan har qanday O’zbekiston Respublikasining uyali aloqa operatorining abonentlari bo‘lgan yo‘lovchilar avtorizatsiyadan o‘tgandan keyin (SMS-kodi orqali) foydalanishi mumkin. Ayni paytda poytaxtimizdagi barcha metro bekatlarida Internetga bepul Wi-Fi texnologiyasi orqali ulanishni kengaytirish bo‘yicha ishlar bosqichma-bosqich olib borilmoqda. Mazkur loyiha «Independent Telecom innovations» IT-kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. 

Yana bir e'tiborga molik jihat, sinov tariqasida «Bodomzor» va «Mustaqillik maydoni» bekatlarida joriy qilingan elektron to‘lovlar tizimi boshqa bekatlarda ham keng joriy qilinadi. Unda zamonaviy avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi, ya'ni NFC dasturini o‘rnatish ko‘zda tutilgan. Ushbu loyihaga ko‘ra, uyali aloqada mavjud bo’lgan hisoblardan ham to‘lovlarni amalga oshirish mumkin.

Axborot xizmati

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko’rinish