Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

12:27:41 (GMT +5), juma, 19 aprel 2019

Yangi loyiha, yangi bunyodkorlik

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Farg'ona vodiysida “Andijon – Savay – Xonobod temir yo‘l uchastkasini modernizatsiya qilish va shaharlararo yo‘lovchi poezdlar harakatini tashkil etish” yangi loyihasi amalga oshirilmoqda. 

Mazkur bunyodkorlikning bosh loyihasi “Toshtemiryo‘lloyiha” mas'uliyati cheklangan jamiyati mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, bu yerda 520 ming kub metr tuproq ishlari bajariladi. Shuningdek, 45 ta sun'iy inshoot (1 ta temir yo‘l ko'prigi) larni qurish rejalashtirilgan. Mavjud 53,2 km. temir yo‘llar ta'mirlanib, 10,2 kilometr masofada yangi po‘lat izlar yotqiziladi. Loyihada, jami 7 ta avtomobil va temir yo’l kesishmasini bunyod etish ham ko‘zda tutilgan. 

Hozirda bu yerda “Maxsus mexanizatsiyalashtirilgan yo‘l stantsiyasi” ishchi-xodimlari qurilish-montaj ishlarini olib borishmoqda. Shu kungacha temiryo‘lchilar 477 ming kub metr tuproq ishlarini amalga oshirishdi. 11 ta sun'iy inshoot qurib bitkazildi. Joriy yil loyiha hayotga tadbiq etilib shaharlararo zamonaviy poezdlar harakati yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.

Axborot xizmati

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko’rinish