Faxriy temiryo’lchilar e’tibor va e’zozda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 apreldagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag'batlantirish to‘g'risida”gi Farmoni hamda “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g'risida”gi qaroriga muvofiq mamlakatimizda fashizm ustidan qozonilgan g'alabaning 74 yilligi keng nishonlanmoqda. Shuningdek, bayram arafasida yurtimizda istiqomat qilayotgan barcha Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlari 7,5 mln. so‘m miqdorida biryo‘la pul mukofoti bilan taqdirlandi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatida ham Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front ortida xizmat qilgan faxriy temiryo’lchilar doimo e'tiborda. Bugungi kunda temir yo‘l tizimida uzoq yillar ishlab, ayni damda keksalik gashtini surayotgan 30 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi va 147 nafar front ortida mehnat qilgan vatandoshimiz bor. Har yili ularning xonadonlariga borib, holidan xabar olinadi, ularga moddiy va ma'naviy yordam ko‘rsatiladi. Bu yil ham ushbu an'ana davom ettirilib, temir yo‘l korxonalarida faoliyat ko‘rsatgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati hamda O‘zbekiston temiryo‘lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan har biriga 3 million so‘mdan, shuningdek, front ortida mehnat qilgan qariyib 150 nafar faxriy temiryo‘lchilarga bir yarim million so‘mdan pul mukofoti hamda qimmatbaho sovg'alar topshirildi. 

Ushbu an'ana mamlakatimizning barcha hududlarida hamda temir yo‘l  tizimidagi korxona, tashkilot va muassasalarda ham davom ettirilmoqda.

 Axborot-tahliliy media markaz

i

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI