O'zbekiston-Ispaniya: Navbatdagi bitim imzolandi

O'zbekistonda yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlarda yo'lovchi tashishlarni yanada rivojlantirish, ushbu yo'nalishda taqdim etilayotgan servis xizmatlarni yaxshilash, shuningdek, bu borada mamlakatimiz hukumati tomonidan ham salmoqli loyihalarni amalga oshirish ishlari davom etmoqda.  

Bunga, Ispaniya hukumatining rasmiy kredit instituti bilan yangi yuqori tezlikda harakatlanuvchi ikkita poyezd, vagonlar ("ekonom" toifadagi), ularning butlovchi qismlari va yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlarga servis xizmat ko'rsatish uchun uskunalarini sotib olish bo'yicha kredit bitimini imzolangani yorqin misoldir. Hujjatni imzolash marosimi 2019 yil 30 may kuni Madrid shahrida bo'lib o'tdi. Tadbirda "O'zbekiston temir yo'llari" AJ boshqaruvi raisi v. b. Xasilov X. N. boshchiligidagi O'zbekiston delegatsiyasi hamda Ispaniya Sanoat, savdo va turizm vazirligining savdo va investitsiyalar bo'yicha bosh direktori Mariya Paz Ramos Resa va IKO rasmiy kredit instituti xalqaro biznes bo'limi boshlig'i Silviya Diaz ishtirok etdilar.

Eslatib o'tamiz, 2018-yil iyun oyida poytaxtimizda O'zbekiston Respublikasi va Ispaniya Qirolligi vazirliklari va idoralari rahbarlari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda kelishuv asisida yangi yuqori tezlikda harakatlanuvchi ikkita poyezd, vagonlar ("ekonom" toifadagi), ularning butlovchi qismlari va yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlarga servis xizmat ko'rsatish uchun uskunalarini sotib olish uchun 57,5 million yevro miqdorida kredit berish to'g'risida kelishib olindi. Xuddi shu yilning noyabr oyida 2018, Ispaniya tomonidan 57,5 million evro miqdorida mablag' ajratishga tayyorligini ma'lum qildi. Shu munosabat bilan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti MirziyoyevSh.M. tomonidan mazkur yo'nalishda sotib-olish kredit shartnomasini ishlab chiqish va imzolash borasida qator topshiriqlar berildi.


Ma'lumot uchun: Bugungi kunda O'zbekistonning Samarqand, Jizzax, Buxoro, Qarshi, Shahrisabz va Navoiy kabi shaharlariga to'rtta yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" poezd qatnovlarni amalga oshirib kelmoqda. 

Axborot-tahliliy media markazi

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI