Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma‘lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

18:05:19 (GMT +5), yakshanba, 12 iyul 2020

O'zbekiston-Turkiya: hamkorlikning yangi istiqbollari

Shu kunlarda Anqara shahrida (Turkiya Respublikasi) bo’lib o’tgan O'zbekiston bilan Turkiya o'rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo'yicha hukumatlararo komissiyaning 5-yig'ilishi hamda biznes-forumi doirasida ikki mamlakat temir yo'l ma’muriyatlari o'rtasida hamkorlik to'g'risidagi Memorandum imzolandi.

Xalqaro yuk tashish sohasida ikki tomonlama hamkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida “O'zbekiston temir yo'llari” AJ va TCDD Tasimacilik A. S. (“Turk temir yo'llari”) o'rtasida hamkorlik to'g'risidagi Memorandumi imzolandi.

Uchrashuvda “O'zbekiston temir yo'llari” AJ va TCDD Tasimacilik A. S. o'rtasida raqobatbardosh tarif shartlarini belgilash, Baku – Tbilisi – Qars yo'nalishidagi tashishlarni rivojlantirish borasidagi hamkorlikni rivojlantirish, raqobatbardosh tariflarga sharoit yaratish maqsadida Qo'shma ishchi guruh tuzish masalasi ham muhokama qilindi. Shuningdek, O'zbekiston va Turkiya hududidan o'tuvchi xalqaro transport yo'laklarini rivojlantirish maqsadida konteyner poyezdlarini ishga tushirish imkoniyatlari ham o'rganiladi.

Tashrif doirasida O'zbekiston delegatsiyasi Anqara shahridagi yangi temir yo'l vokzalining boshqaruv amaliyoti bilan ham tanishdi.

Axborot-tahliliy media markazi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko‘rinish