Anomal issiqlik poyezdlarning tezligiga cheklov belgilanishiga yana sabab bo'lmoqda


"O'ztemiryo'lyo'lovchi" AJ rahbariyati 2019 yil 28 iyuldan 31 iyulgacha Toshkent - Andijon, Toshkent - Urganch - Xiva, Toshkent - Qo'ng'irot, Toshkent - Termiz va Toshkent - Buxoro yo'nalishlarida qatnovchi yo'lovchi poezdlarining harakat xavfsizligini ta'minlash maqsadida poezdlar tezligiga cheklov belgilanganini ma'lum qiladi. Bunga sabab yurtimizda kuzatilayotgan anomal issiqlik hisoblanadi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda "O'ztemiryo'lyo'lovchi" AJ tomonidan yo'lovchilarga qo'shimcha qulaylik yaratish maqsadida mazkur poezdlarda bepul mineral suvlar tarqatish yo'lga qo'yildi.

"O'ztemiryo'lyo'lovchi" AJ rahbariyati o'z mijozlariga ko'rsatilgan ishonch uchun minnatdorchilik bildiradi va yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so'raydi.

"O'ztemiryo'lo'lovchi" AJ

0
0

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI