Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

01:20:02 (GMT +5), dushanba, 19 avgust 2019

Temiryo'lchilarga yangi uylarning kalitlari topshirildi

Eng ulug' va eng aziz bayram Mustaqilligimizning 28 yilligi arafasida hamda Temir yo'l transporti xodimlari kuni munosabati bilan 156 nafar temiryo'lchilar yangi zamonaviy xonadonlarga ega bo'lishdi.

Kuni kecha yangi uylarni foydalanishga topshirish marosimi bo'lib o'tdi. Unda “O'zbekiston temir yo'llari” AJ Bosh menejer-bosh muhandisi Zafar Maxamatov ishtirok etdi va xonadon sohiblariga yangi uylar kalitlarini topshirdi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 sentyabrdagi 1081‒f-sonli farmoyishi hamda Toshkent shahar hokimining 2017 yil 26 sentyabrdagi 1312-sonli qarori asosida qurilgan mazkur uylar Yashnobod tumani Maxtumquli ko'chasida joylashgan. 

“O'zbekiston temir yo'llari” AJ mablag'lari hisobidan bunyod etilgan yangi uylarning bosh loyihasi “Toshtemiryo'lloyiha” MCHJ mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan. Unga ko'ra 20240,1 kv.m hududda 4 ta 7 qavatli 3 yo'lakdan iborat uylar qad rostladi. Ya'ni 19 ta 2 xonali (88,6 kv.m), 118 ta 3 xonali (130 kv.m) hamda 19 ta 4 xonali (169,3 kv.m) uylar. Xonadonlar keng va yorug' bo'lib, barcha kommunikatsiya tizimlariga ulangan. Shu bilan birga barcha yo'laklar zamonaviy lift jihozlangan. Xonadonlarning isitish tizimini o'rnatishda so'nggi rusumdagi texnologiyalardan foydalanilgan. 

Yangi uylar muhandislar tomonidan zamonaviy me'moriy uslubda – yozda salqin, qishda issiq bo'lishi nazarda tutilib qurilgan. Shuningdek, atrof ko'kalamzorlashtirilgan, bolalar maydonchasi, mashinalar turargohi ham barpo etilgan. Uylarning birinchi qavatida savdo va maishiy xizmat ko'rsatish maskanlari o'rin olgan.

Axborot-tahliliy media markazi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko’rinish