Ishonch telefoni (+998 71) 237-99-98Dush. – Jum. 9-00 dan 18-00 gacha

Vokzal ma’lumotxonasi 1005Kecha-kunduz

01:23:14 (GMT +5), dushanba, 19 avgust 2019

Toshkent metropolitenida kutubxona tashkil etildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi PQ 3271-sonli "Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, nutq madaniyatini yuksaltirish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to'g'risida"gi qaroriga muvofiq “O'zbekiston temir yo'llari” AJda ham bu borada bir qator ishlar amalga oshirilyapti.

Xususan yangi kitoblar xarid qilindi, mavjud kutubxonalar yangidan ta'mirlanib, moddiy texnik bazasi yangilandi. Kuni kecha kitobxonlikni targ'ib etish bo'yicha yana bir yangilikka qo'l urildi. 

“Toshkent metropoliteni” unitar korxonasi ma'muriyati tomonidan Paxtakor va Alisher Navoiy bekatlari oralig'ida yo'lovchilarning bo'sh vaqtlarida milliy va jahon adabiyotidan baxramand bo'lishlari uchun mo'jazgina kutubxona tashkil etildi. Unda taniqli dramaturg va yozuvchilar, yosh shoirlarning ijod mahsullari, jahon adabiyotlari taqdim etilgan. Bundan tashqari, yo'lovchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida qandolat mahsulotlari va salqin ichimliklar sotib olish uchun sharoitlar yaratildi. 

Eslatib o'tamiz, Temir yo'l transporti xodimlari kuni munosabati bilan aynan shu yerda O'zbekiston Davlat filormoniyasi ijodkorlari ishtirokida mumtoz musiqa kontserti barchaga namoyish etilgan edi.




Axborot-tahliliy media markazi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rasmiy saytining materiallaridan foydalanish, shu jumladan republikasiya qilish, faqat belgilangan shartlarni bajargan holatdagina foydalanish mumkin.

BELGILANGAN SHARTLARNI BAJARILMASLIK O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNCHILIGINING BUZILISHI HISOBLANADI

  • nashr uchun ko’rinish